“Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Yangiliklar | 26-10-2018 | ko'rishlar soni: 1363

post img

 2018 yil 22 oktabr kuni institut kichik faollar zalida institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda faxriylar kengashi raisi O‘.S.Shodiyev,O‘zbekiston Respublikasi Jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari E.T.Mavlonov, zaxiradagi  podpolkovnik B.M.Abduraimov, Afg‘on urushi qatnashchisi Sh.Amriddinov, institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.b O‘.J.Xudayarov va yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i T.S.Egamovlar ishtirok etishdi.

Batafsil o'qish

“Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi negizida talaba-yoshlarning ijtimoiy moslashuvchanligini (adabtatsiyasi) rivojlantirish” mavzusida tadbir

Yangiliklar | 24-10-2018 | ko'rishlar soni: 1343

post img

2018 yil 23 oktabr kuni institut faollar zalida qurilish fakultеtining 1 bosqich talaba-yoshlariga fakultetning ma’naviyat va ma’rifat Kengashi a’zolari va institut psixologi hamkorligida talabalarni institutda o’rnatilgan tartib-qoidalarga to’laqonli rioya qilishga qaratilgan va ta’lim jarayonidagi ijtimoiy adabtatsiyani mustahkamlash maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi negizida talaba-yoshlarning ijtimoiy moslashuvchanligini (adabtatsiyasi) rivojlantirish” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Batafsil o'qish

“Ona shahrim – Samarqandim”

Yangiliklar | 22-10-2018 | ko'rishlar soni: 1781

post img

2018 yil 18 oktyabr kuni institut faollar zalida 18-oktabr - “Samarqand kuni” munosabati  bilan muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti 301-“Xizmatlar sohasi” guruhi talabalari o‘rtasida “Ona shahrim – Samarqandim” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Batafsil o'qish

“Sharq gavhari – Samarqand!”

Yangiliklar | 22-10-2018 | ko'rishlar soni: 1263

post img

2018 yil 18 oktabr kuni 2-son talabalar turar joyida “Sharq  gavhari – Samarqand!”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi  M.Boboqulova ochib berdi va 18-oktabr - “Samarqand kuni” munosabati bilan barchani samimiy tabrikladi. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ziyotova Samarqand shahrining dunyo tamaddunida tutgan o‘rnini talabalar tomonidan e’tirof etish maqsadida tadbirni bellashuv ko‘rinishida tashkil qildi.

Batafsil o'qish

“Samarqand – sharq gavhari” mavzusida insholar tanlovi

Yangiliklar | 22-10-2018 | ko'rishlar soni: 1417

post img

2018 yil 15 oktabr kuni institutda 18-oktabr – “Samarqand kuni” bayrami munosabati bilan “Chet tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Samarqand – sharq gavhari” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
“Samarqand – sharq gavhari” nomli insholar tanlovida o‘ndan ortiq talabalar ishtirok etishdi, ishtirokchilar o‘z insholarida ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shonli tarixga ega tkanligi, ushbu shahar o‘zining betakror chiroyi, asriy obidalari bilan dunyo ahlini hayratga solib kelishi, Samarqand shahrining ulug‘vorligi, shavkati buyuk ajdodimiz Amir Temur bilan bog‘liqligi, Sohibqiron olti asr avval qudratli davlat barpo etib, Samarqandni uning poytaxti deb e’lon qilganligi va ushbu davr Smaraqand shahri hamda shahar atrofidagi hududlar gullab yashnaganligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Batafsil o'qish

O’ZBEKISTON ROSSIYA HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA

Yangiliklar | 20-10-2018 | ko'rishlar soni: 1405

post img

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik  I forumi  ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida tashkil qilindi.

Batafsil o'qish

"Samarqand shahar kuni” ga bag‘ishlab plakatlar kompozitsiyasi ko‘rik-tanlovi

Yangiliklar | 18-10-2018 | ko'rishlar soni: 1445

post img

2018 yil 17 oktyabr kuni soat 14:00 da “Arxitektura” fakulteti  “Tasviriy san’at” kafedrasining rasm zalida  “Samarqand shahar kuni” ga bag‘ishlab plakatlar kompozitsiyasi  ko‘rik-tanlovi  bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Tasviriy san’at” kafedrasi mudiri SH.E. O‘rinboev tabrik so‘zi bilan ochdi va konkurs qatnashchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Batafsil o'qish

Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart! nomli ko'rik-tanlov

Yangiliklar | 18-10-2018 | ko'rishlar soni: 1763

post img

2018 yil 17 oktyabr kuni soat 14:00 da “Arxitektura” fakulteti  “Tasviriy san’at” kafedrasining rasm zalida  “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart!” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida plakatlar bo‘yicha respublika ko‘rik -tanlovi  bo‘lib o‘tdi. 

Batafsil o'qish

Tinchlik – eng oliy ne’mat

Yangiliklar | 18-10-2018 | ko'rishlar soni: 1373

post img

2018 yil 16 oktabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.b. O‘.J.Xudayarov, Milliy xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati borqarmasi mas’ul xodimi J.Shukurov, Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari  S.Usmonov, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB  3-son IIB XPG TP  profilaktika katta inspektori B.Napasov, Samarqand shahar Kamoliddin jome’ masjidi imomi I.Absalomov, fakultet dekani o‘rinbosarlari, guruh rahbarlari, o‘qituvchilar hamda 230 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Batafsil o'qish

Sirtqi ta’limda o‘quv jarayoni tashkil etildi

Yangiliklar | 18-10-2018 | ko'rishlar soni: 1367

post img

2018-yil 16 oktyabr kuni Samarqand davlat arxitektura – qurilish institutning kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limini tashkil etish tartibi  to‘g‘risida “gi qarori ijrosini ta’minlash hamda sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini tashkil  etish maqsadida o‘quv amaliy semenar tashkil qilindi.

Batafsil o'qish