imtihon-topshiriladigan-fanlar

Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 bo’ladi Demak, joriy yilda xuddi o’tgan yildagidek 5 ta fandan test olinadi va to’plash mumkin bo’lgan maksimal ball 189 bo’ladi.

Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):
1) Ona tili (o’zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) O’zbekiston tarixi uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.Majburiy blokdan jami to’plash mumkin bo’lgan ball – 33 ball.

Ta’lim yo’nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yo’nalishiga qarab o’zgaradi): 1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball; 2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball. Mutaxassislik fanidan jami to’plash mumkin bo’lgan ball – 156 ball.

O’ylash uchun jami 3 soat vaqt. Agar chet tilidan sertifikati bo’lsayu, faqat majburiy blok va 1 ta mutaxassislik fanidan test topshirsa, unda 2 soat beriladi. Bu vaqt ichiga javoblarni bo’yash ham kiradi, ya’ni bo’yash uchun alohida qo’shimcha vaqt berilmaydi.

Abituriyentlar e’tibor berishi kerak bo’lgan ayrim jihatlar ma’lum bo’ldi.
Mutaxassislik blokida savollar soni oshirildi. O’tgan yili "spesblok"da 20 tadan jami 40 ta savol berilgandi. Joriy yilda 30 tadan jami 60 ta savol beriladi; Mutaxassislik blokida birinchi va ikkinchi fanga beriladigan ball miqdori farq qiladigan bo’ldi. O’tgan yili ikkala fanga ham bir xil 3,15 balldan berilgandi.
Joriy yilda birinchi o’rindagi muhim fanga 3,1 ball, ikkinchi fanga 2,1 ball beriladigan bo’ldi. Demak, bir-biriga mos 5 ta yo’nalish tanlashda ham bu yil o’zgarishlar bo’ladi. O’tgan yili ikkalasiga bir xil ball berilgani uchun birinchi va ikkinchi fanga ajratilmagandi. Endi bu yil shunchaki 2 ta fan to’g’ri kelishi kifoya emas, ularning muhimlik o’rni ham ahamiyat kasb etadi;
Yo’nalishidan qat’i nazar barcha uchun tushadigan majburiy blokdagi 3 ta fanga beriladigan ball miqdori kamaytirildi. O’tgan yili 2,1 balldan berilgandi, joriy yilda 1,1 balldan beriladigan bo’ldi. Bu degani majburiy blokdan ko’p ball to’plab bo’lmaydi. O’tgan yili majburiy blok 63 ball berardi, bu yil 33 ball to’plash mumkin. Demak, joriy yilda asosiy ballarni mutaxassislik fanlaridan to’plash mumkin, 2 ta fanga jami 156 ball (82,5%) berilmoqda.