Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi 
    
        
  
 Markaz boshlig'i: Jem Barut
 Qabul kuni: Har kuni
 Telefon: (8366) 237-33-13
 Elektron manzili: c.barut@samdaqi.edu.uz
 
 
 
 
 
Markaz faoliyati haqida ma’lumot
Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy va multimediya mahsulotlari hamda boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi. Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.
Markaz quydagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:
	- axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish;
 
	- masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish;
 
	- horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar,  ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash;
 
	- internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish;
 
	- hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash;
 
	- axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash;
 
	- ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish;
 
	- ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
 
	- seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil qilish va o‘tkazish.
 
Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
	- O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
 
	- O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;
 
	- talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika va axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish;
 
	- ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi, ilmiy va o‘quv-texnik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
 
	- o‘quv va ta’lim tashkilotlariga texnik, axborot va metodik yordamni tashkil etish;
 
	- jahon axborot-kompyuter fazosida ishlashni va muloqot olib borish madaniyatini tadbiq etish;
 
	- yangi kurslar, metodik materiallarning elektron nusxalarini yaratish;
 
	- Markaz imkoniyatlaridan kelib chiqib masofaviy ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish.