Marketing xizmatlari bo‘limi
Bo‘lim boshlig‘i: Haydarov Elmurod Ashirovich
Qabul kunlari: Har kuni 14-00 dan 16-00 gacha
Telefon: (8 366) 237-12-77
E-mail: e.haydarov@samdaqi.edu.uz
Marketing xizmatlari bo‘limi faoliyati haqida ma’lumot
Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, harakatdagi Mehnat Kodeksi va amaldagi qonunchilik va ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish ko‘radi. 1998 yil 28 yanvarda №48-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorning bajarilishi yuzasidan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 3 fevral №12-sonli buyrug’i vа institut rektorining 1998 yil 25 mart №38-sonli buyrug’iga asosan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida «Маrketing xizmati» bo’limi tashkil etilgan va bugungi kungacha “Marketing xizmati bo‘limi” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
Marketing xizmati bo‘limi maqsad va vazifalari:
OTMda tayyorlangan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakillantirish;
Ta’lim sohasida bozor munosibatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portefeli”ni shakillantirish;
Iste’molchilarni raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish;
Har yili belgilangan muddatda vazirlikning maxsus komissiyasiga OTMlarining joriy yildagi bitiruvchilari to‘g‘risida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etish;
Pulli ta’lim xizmatlarini tashkil etish hisobiga bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoshliligini oshirish:
Bitiruvchini ishga taqsimlashda iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda e’tiborga olinishiga erishish;
To‘lov shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalar yoki ishlab chiqarish korxonalari bilan turli xildagi shartnomalar tuzish;
Oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasini tashkil etish va yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish;
Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqil ishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun oliy ta’lim muassasasi komissiyasiga murojaat etish;
Joriy yilda va o‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qayta aloqalar o‘rnatish, zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish;
Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha taqsimlanishi, o‘qitish tillari va h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish;
Yangi o‘quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televidenie, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to‘g‘risida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilinish;
Kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida oliy ta’lim muassasasining respublika, mintaqaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash;
Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati natijalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasining ichki hisobotini yuritish va tashkil etish, marketing xizmati bo‘limining yillik hisobotini tayyorlash.
E'LON 2016-2017 o’quv yilida bitta talabaning bir yillik o’qitish Q I Y M A T I
2016-2017 o'quv yili bitiruvchilarining ro'yxati
2017-2018 o'quv yili bitiruvchilarining ro'yxati
2018-2019 o'quv yili bitiruvchilarining ro'yxat
Олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш, талабалар ўқишини кўчириш, қайта тиклаш ва ўқишдан четлаштириш тартиби тўғрисидаги низом
2019-2020 ўқув йилида бакалавриат таълим йўналишлари бўйича кундузги шаклдаги битта талабанинг (стипендиясиз) йиллик ўқитиш
Олий Ва Ўрта Махсус, Касб-Ҳунар Таълими Муассасаларида Ўқитишнинг Тўлов-Контракт Шакли Ва Ундан Тушган Маблағларни Тақсимлаш Тартиби Тўғрисидаги Низомни Тасдиқлаш Ҳақида
Буюртмалар портфелини шакллантириш, битирувчиларни ишга тақсимлаш ва мониторинг бўлимининг 2019-2020 ўқув йили Иш режаси
Самарқанд давлат архитектура-қурилиш институти битирувчиларини ишга тақсимлаш, жойлаштириш ва уларнинг бандлик мониторингини ўтказиш бўйича 2019 йил учун ойлар кесимида йиллик комплекс чора-тадбирлар РЕЖА-ЖАДВАЛИ
Буюртмалар портфелини шакллантириш, битирувчиларни ишга тақсимлаш ва мониторинг бўлимининг бошлиғи М.У.Cаримсоқовнинг 2019-2020 ўқув йили учун шахсий Иш режаси
2020-2021 ўқув йилида йўналишлари бўйича битта талабанинг йиллик ўқитиш қиймати