Talabalar xavfsizligi

 

O’zbekiston Respublikasi, shuningdek Samarqand shahri dunyoning eng xavfsiz shaharlaridan biri hisoblanadi. SamDAQI o’quv binolari va talabalar turar joyi Samarqand shahrining Lolazor ko’chasida joylashgan.SamDAQIda har bir akademik guruhning etakchi rahbar o’qituvchisi (kuratori) mavjud bo’lib, ushbu rahbar guruhdagi har bir talaba bilan doimiy ravishda yaqin aloqada bo’ladi.SamDAQIda zamonaviy sport zali, kir yuvish xonasi, dush va o'quvchilarning o'qish va dam olish uchun mo'ljallangan xonalariga ega bo’lagan uchta zamonaviy talabalar turar joylari mavjud. Xorijiy talabalar uchun xonalar qo'shimcha qulayliklar bilan jihozlangan. Talabalar xavfsizligi uchun 24 soatlik video nazorati va qarovular tashkil qilingan.