Kadrlar bo'limi

 

   

    Bo‘lim boshlig‘i: Nurmuxamedova Guljaxon Sadriddinovna

    Telefon: (8 366) 237-02-95 

    Elektron manzili: sgasi_info@edu.uz

 

 

 

 

 

 

Kadrlar bo‘limining faoliyati va vazifalari  
    SamDAQI хodimlar bo‘limi institutning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi. XB institut Ustaviga, mazkur Nizom asosida ish yuritadi, o‘z amaliy faoliyatida  O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, institut buyruq va ko‘rsatmalarini dasturda amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini, Prezident Farmoyishlarni, Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish xaqidagi qarorlarni amalda qo‘llangan  holda institut rahbariyati bilan birgalikda kerakli mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-o‘qituvchilar va xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.
    Xodimlar bo‘limi tarkibida ish turlari bo‘yicha quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • Professor-o‘qituvchilar, o‘quv-yordamchi, ma’muriy va xizmat  ko‘rsatuvchilar tarkibi bilan ishlash;
  • Talabalar va yosh mutaxassislar bilan ishlash;

    Har bir bo”limlarda ish xodimlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligi ostida lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq  mustaqil ravishda katta inspektor va inspektorlar tomonidan olib boriladi.

  • Xodimlar bo‘limi institut bo‘limlaridan shtat jadvali  tartibiga rioya qilishni nazorat qiladi va bo‘limlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi.
  • Xodimlar bo‘limi o‘z ish malakalarini oshirish, mehnat qonunchiligi asosida ichki tartib qoidalarini bajarishlari lozim.
  • Xodimlar bo‘limi boshlig‘i institut rektori tomonidan ishga tayinlanadi va bo‘shatiladi;
  • Xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli kadrlar ishida kamida 5 yil stajga ega bo‘lganlar ishga qabul qilinadi;
  • Xodimlar bo‘limi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, institut  Ustaviga, xodimlar bo‘limi Nizomiga hamda lavozimiy yo‘riqnomaga amal qilishi zarur;
  • Xodimlar bo‘limi institut nomlari yozilgan  dumaloq muxrga ega.
        Xodimlar bo‘limining vazifalari:
  • Professor-o‘qituvchi xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, lavozimini o‘zgartirish, konkursdan, attestatsiyadan o‘tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etish;
  • Professor-o‘qituvchi xodimlar va talabalar,ish, o‘qish intizomini institut ichki tartib qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini  buzmasliklarini nazorat qilish, shu jumladan, ularni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida taklif kiritish;
  • Institut shtat jadvalini moliya-reja bo‘limi bilan birgalikda muvo-fiqlashtirish;
  • Kadrlar masalasi bo‘yicha boshqa yuqori tashkilotlar bilan aloqa qilish;
  • Bakalavriatura, magistratura va aspirantura bitiruvchilarini universitetda ishlashga jalb etish maqsadida muloqotda bo‘lish;
  • Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlar, talabalar shaxsiy ish jildini, T-2 kartochkalarini belgilangan tartibda olib borishni nazorat etish;
  • Professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlarga shaxsiy guvohnomalar, ma’lumotnomalar berish, o‘z vaqtida guvohnoma muddatini uzaytirilishini nazoratga olish;
  • Bitiruvchi talabalarga diplom blankalarni va ilovalarni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishini nazorat etish;
  • Mehnat daftarchasi yuritish va ularni hisobini to‘g‘ri olib borish;
  • Nafaqa yoshiga yetgan professor-o‘qituvchi va xodimlarning taqdmnoma va xujjatlarini to‘g‘ri tayyorlash va turar joylari bo‘yicha pensiya tayyorlash ijtimoiy-ta’minot bo‘limlariga topshirilishini nazorat qilish;
  • Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoyalash bo‘limiga kvotali joylar xaqida va ishchilar tarkibi xaqida ma’lumot berish;
  • Mehnat shartnomasini yozma ravishda  2 nusxada tuzishni nazorat qilish;
  • Xorijga safarbarlik  va mehnat ta’tili berish bo‘yicha buyruqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.