Kasaba uyushma qo'mitasi
Rais: Axunjanov Abduraxmon Maxmudovich
Telefon: (8 366) 237-10-42
Elektron manzil: samgasiprof@mail.ru
Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari
Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari
Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolari, shuningdek korxona, tashkilot, muassasalar (bundan keyin korxonalar) jamoalarining mehnat, ijtimoiy-qitisodiy, intellektual huqu va manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishdir.Kasaba uyushmasi ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun:Tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari, shuningdek, umuman kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish, birligi va birdamligini mustahkamlashga;Tarmoq Kelishuvlari va jamoa shartnomalari tuzish bo’yicha ijtimoiy sheriklik tamoyillarining yo’lga qo’yilishiga, jamoaviy muzokaralarni tashkil etilishi, ularning bajarilishi nazoratini amalga oshirilishiga;Mehnatga haq to’lash va mehnat shartlarida ijtimoiy-adolatli tizim joriy etilishi va uni takomillashtirilishiga;Korxonalarda mehnat qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishi, xodimlarga meyoriy hujjatlarda ko’zda tutilgan barcha imtiyoz va kafolatlarning berilishiga;Kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat, fuqarolik huquq va kasbiy manfaatlarini himoya qilish uchun jamoatchilik maslahatxonalarini tashkil etilishi, o’z vakolatlarini amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilishiga;Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va sharoitlari hamda atrof muhit muhofazasi holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, ish joylarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etilishi, ishlovchilarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari, qulay maishiy sharoitlar yaratilishiga;Kasaba uyushmasi a’zolarining sog’liqlarini mustahkamlash, ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratilishiga, dam olish va sanatoriy-kurortlarda sog’lomlashtirishning samarali va hammabop bo’lishi ta’minlanishiga;
Mehnat ta’til berish to’g’risida
Professor-o’qituvchilar - 48 ish kun
Doktorant va aspirantlarga – 30 ish kun
Ma’muriy-boshqaruv, mutaxassis, o’quv-yordamchi, stajyor-tadqiqotchi, ilmiy, ilmiy-texnik. Texnik va xizmatchi xodimlarga – 24 ish kuni
Xo’jalik bo’limining santexnik, elektrik, durodgor, qozonxona operatori, liftyor, haydovchi va qurilish ta’mirlash bo’limi ishchilariga – 21 ish kuni
Bog’bonlar, yig’ishtiruvchilar, qarovullar, faroshlarga -18 ish kuni
Quyidagilarga ularning yoshi va sog’lig’i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi:
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga – 30 kalendar kun;
Ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – 30 kalendar kun;
Maxsus va 2-bo’lim xodimlariga, ularning mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlarini e’tiborga olib, me’yoriy hujjatlarga muvofiq – 30 kalendar kun
Yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’tillarning davomiyligi, ularni hisolash va haq to’lash tartibi, shuningdek ta’til berish uchun asos o’ladigan ish stajini hisobga olish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (Mehnat kodeksining 113-162 moddalari)
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo’yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqiladi.
Ta’til davriga to’g’ri kelib qolgan va ishlamaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.
Ta’tillar muddatini ishlagan vaqtga mutonosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to’liq ta’til miqdorini o’n ikkiga bo’lib, so’ng to’liq ishlagan oylar soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda o’n bsh kalendar kuniga teng va undan ko’p bo’lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o’n besh kalendar kunidan kami esa chiqarib tashlanadi.
Professor-o’qituvchilar tarkibiga yillik ta’tillar, qoida tariqasida, yozgi ta’til davrida beriladi.
Aspirant va doktorantlarga, qoida tariqasida yozgi ta’til davrida 30 kalendar kunidan iborat uzaytirilgan asosiy yillik ta’til beriladi.
Doktorantura va aspiranturada o’qish muddatiga uzaytirilgan asosiy yillik 30 kalendar kunlik ta’tili ham kiradi.
Aspirant va doktorantlarning asosiy yillik uzaytirilgan ta’tillari asli xolida har yili foydalaniladi. Uni boshqa vaqtga ko’chirishga, qismlarga bo’lishga va pullik kompensasiya bilan almaytirishga yo’l qo’yilmaydi.
Stajyor-tadqiqodchilarga, qoyda tariqasida yozgi ta’til davrida 24 ish kunidan iborat asosiy yillik ta’til beriladi.
SamDAQI professor-o‘qituvchi va xodimlari uchun sanatoriyalar to'g'risida ma'lumot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI KASABA UYUSHMALARI TO’G’RISIDA
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining
ICHKI TARTIB QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
II. Ish beruvchi (rektor)ning majburiyatlari:
III. Xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari.
IV. Institut hududida quyidagilar ta’qiqlanadi:
V. O’qish va dam olish vaqtini tartibga solish talablari:
VI. Talabalarni o’qish va jamoat ishlaridagi yutuqlari uchun rag’batlantirish:
VII. Intizomiy ta’sir choralari:
VIII. Mehnat munosabatlari:
IX. Mehnat intizomini ta’minlash va javobgarlik:
X. Bino ichidagi tartib:
XI. Ish vaqti va dam olish vaqti:
XII. Yakuniy qoidalar:
Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan, idora xodimlari o’rtasida “Sport oyligi” doirasida mini futbol, badminton, stol tennisi bo’yicha o’tkazilgan musoboqalar to’g’risida
2019 yil 31 may - 1 iyun kunlari Samarqand shaxar Olimpiya zaxira-larini tayyorlash markazi sport komplekisida mini futbol, badminton, stol tennisi turlaridan musoboqalar bo’lib o’tdi. Musoboqalarda SamDAQIdan 20 nafar professor-o’qituvchilari va hodimlar ishtirok etdilar.
Musoboqa natijalariga ko’ra umum jamoa xisobida institutimiz jamoasi II o’rinni qo’lga kiritishdi.
Musoboqadan lavxalar:
BAYRAM MUNOSABATI BILAN NAFAQADAGI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2019 yil – faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosobati bilan joylarda “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etuvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etildi.
Ko‘p yillar institutda ishlab hozirgi vaqtda nafaqada bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning xol-ahvolidan xabar olindi. Olti nafar professor-o‘qituvchi va xodimlarning 1-sinfga boradigan bolalari uchun o‘quv qurollari olib berildi.
Institutda 45 yildan ortiq faoliyat olib borgan va hozirgi kunda ham samarali ishlashni davom ettirayotgan professor-o‘qituvchilarga institut ma’muriyati nomidan tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, 20 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlarga bir minimal ish xaqi (223000 so‘m) miqdorida moddiy yordam berildi.
SamDAQI xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Axunjanov
2019 - “Фаол инвеститциялар ва ижтимоий ривожланиш йили”да Самарканд давлат архитектура-курилиш институти профессор-ўқитувчилари ҳамда ишчи ходим эркак ва аёллар ўртасида Ўзбекистон республикаси Конститутцияси қабул қилинганлигининг 27 йиллик байрамига бағишлаб ўтказилган стол тенниси спорти мусобақасида 1,2 ва 3 ўринларни олган қатнашчиларга тарқатилган совғалар
РЎЙХАТИ
1 ўрин
т/р
|
Фамилияси, исми
|
Лавозими
|
Совға номи
|
Нархи, сўм
|
Имзоси
|
1
|
Мухаммадиев Уткир
|
доцент
|
Чойнак набор «Роза» От.1 пиала набор «Роза» От- 1
|
16500
16500
|
|
2
|
Юзбоева Махфуза
|
Катта ўқитувчи
|
Чойнак набор «Роза» От.1 пиала набор «Роза» От- 1
|
16500
16500
|
|
2 ўрин
|
3
|
Курбонов Абдумалик
|
ўқитувчи
|
Коса набор «Роза» От. 1 Лаган 250мм.риф 1дона
|
19800
7150
|
|
4
|
Жураева Элвира
|
ўқитувчи
|
Коса набор «Роза» От. 1 Лаган 250мм.риф 1дона
|
19800
7150
|
|
3 ўрин
|
5
|
Сирожиддинов Шавкат
|
ўқитувчи
|
Чойнак набор «Роза» От. 1
|
16500
|
|
6
|
Ходиева Наргиза
|
ўқитувчи
|
Чой.набор «Роза» От. 1
|
16500
|
|
|
Жами:
|
|
|
152900
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Жами : Бир юз эллик икки минг туккиз юз сўм.
Ходимлар ва талабалар бошланғич касаба уюшма қўмитаси раиси:А.М.Ахунжанов.
.
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 27 йиллигига бағишлаб СамДАҚИ ходимлар ва талабалар бошланғич касаба уюшма қўмитаси томонидан 2019 йил 7 декабрь куни профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимларни маънавий-маърифий қўллаб-қувватлаш мақсадида Тошкент шаҳрига саёҳат уюштирилди.Ушбу саёҳатда жами 52 нафар профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимлар “Зангиота”, “Хасти имом” зиёратгоҳлари, “Оқсарой” мажмуаси, “Хумо” муз аренаси ва Тошкентнинг бошқа диққатга сазовор жойларида бўлиб маънавий ҳордиқ чиқардилар.
2019 йил ходимлар ва талабалар бошлангич касаба уюшмаси кумитаси томонидан Янги 2020 йилни нишонлаш тадбири.
Профессор – укитувчилар хамда ходимлар болалари Янги йилни арча атрофида нишонлашлари учун “А.Жураев номидаги кугирчок театри” га – 4000000 сум утказилди ва бу тадбирда 420 дан ортиқ ходимлар фарзандлари иштирок этишди.
Тадбирдан лавҳала
14-январ “Ватан ҳимоячилари куни”га бағишлаб СамДАҚИ профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимлари ҳамда талаба-ёшлари ўртасида ўтказилган спорт мусобақалари ҳақида
М А Ъ Л У М О Т
2020 йил 13-14 январ кунлари куни институт спорт залида профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимлари ҳамда талаба-ёшлари ўртасида спортнинг тош кўтариш, шахмат ва шашка турлари бўйича мусобақалар ташкил қилинди. Мусобақалар ходимлар ва талабалар бошланғич касаба уюшмаси қўмитаси ҳамда касб таълими ва жисмоний тарбия кафедраси профессор-ўқитувчилари билан ҳамкорликда ўтказилди.
Мусобақада жами қурилиш, қурилишни бошқариш, муҳандислик коммуникациялари қурилиши, архитектура факултетлари жамоаларидан 50га яқин профессор-ўқитувчи ва ишчи ходимлар ҳамда талаба-ёшлар иштирок этишди. Мусобоқалар умумжамоа биринчилигида ўтказилиб, натижаларга кўра ўринлар қуйидагича аниқланди:
ШАХМАТ
I-ўрин Мухандислик коммуникациялари қурилиши факультети
II-ўрин Қурилиш факультети
III-ўрин Архитектура факултети
ШАШКА
I-ўрин Қурилиш факультети
II-ўрин Архитектура факультети
III-ўрин Қурилишни бошқариш факултети
ТОШ КЎТАРИШ
I-ўрин Архитектура факультети
II-ўрин Мухандислик коммуникациялари қурилиши факультети
III-ўрин Қурилиш факультети
Мусобоқа жараёнидан фото лавҳалар
Kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonun
SamDAQI Xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi to‘g‘risida ma’lumot
2020 yil 9 iyun kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferennsiyaga institut professor- o‘qituvchilari vaxodimlari tarkibidan 103 nafar delegat saylangan bo‘lib, shundan 83 nafar delegat ishtirok etdi. 20 nafar delegatlar ayrim sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmadilar.
Konferensiya ishida O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Respublika Kengashi bo‘lim boshlig‘i–Ravshan Qurbanovich YAkubbaev,O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Respublika Kengashi yoshlar masalasi bo‘yicha rais maslahatchisi – SHerzod Ne’matov,O‘zbekiston Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari Respublika Kengashi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Xoshimova Dildora Temurovna,Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashkiliy bo‘lim mudiri Rayxon Abdullaeva, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashmasi qo‘mitasi raisi - Sirojiddin Negmatovich Izzatullaev, institut rektori Sulton Ilyasovich Axmedov, prorektorlar A.R.Raximov, E.X.Isakov, A.Rajabov, O.Xayitov, bosh xisobchi O‘.A.Berdikulovlar ishtirok etdilar.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining yangi tarkibiga quyidagilar saylandi:
1.Xakim Buriev – Qurilishda menejment kafedrasi mudiri;
2.Abduboki Karimov – Axborot texnologiyalari kafedra mudiri;
3.Rizokul Tuychiev – Loyixalash kafedrasi dotsenti;
4.Ra’no Karshubaeva – Kasbiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi;
5.Axunjanov Abduraxmon – o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i;
6.Egamov Ilxom – ATM bo‘lim boshlig‘i;
7.Kushakov Mardiboy – Qurilish fakulteti kasaba uyushma raisi;
8.Xotamov Baxtier – xujalik bulimi mutaxissisi;
9.Tog‘aeva Rayxona - Texnika xavfsizligi muxandisi;
10.Safarova Inobat - “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi katta o‘kituvchisi;
11.Nurmatov Panji - “STK va SRMQ” kaf.kat. o‘qituvchisi;
12.Inoyatov Dilovar – “Bino va inshootlar” kaf. O‘qituvchisi;
13.Latipov Rustam - “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti;
14.Karimov Baxodir- Qurilish fakulteti 301 XFX gurux talabasi;
15.Zarobova Muxlisa – MKQ fakulteti 103 STK va TKLE gurux talabasi;
16.Karimov Rustam –Arxitektura fakulteti 102 ARX guruxtalabasi;
17.Boymanov Soxib – Qurilishni boshqarish fakulteti 201-ICHT gurux talabasi;
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining taftish komissiyasining yangi tarkibiga quyidagilar saylandi:
Zokir Yaxshilikov – Institut marketing bulimi mutaxassisi;
Mirzaev Zafar Qurilishda menejment kafedrasi o‘qituvchisi;
Eshtoeva Nargiza institut hisobchisi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining raisi etib Axunjanov Abduraxmon Maxmudovich saylandi.
Institut jamoasi yangi saylangan xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi ish faoliyatiga omad tilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag‘ishlab SamDAQI professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlari kam ta’minlangan 7 ta oilalarning bolalariga maktab qurollari uchun 633500 so‘m ajratilib o‘quv qurollari olib berildi.
M A 'L U M O T
Yubilyarni taqdirlash.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Latipov R. 60 yoshni qarshiladilar. Sizga oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog‘lik, Xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qoladi.
Hurmat bilan, institut xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi
Xamda 10 ta kam ta’minlangan xodimga bir minimal 238610 sumdan moddiy yordam ko'rsatildi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
SHu kunlarda bizga saboq bergan, hayot so‘qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha ta’lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o‘quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Ota-onalarimiz esa bu borada bizning bir umrlik yo‘ldoshimiz. Ularning o‘gitlari esa alohida mavzu. Farzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga etkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning “Ustoz otangdek ulug‘”, degan purma’no naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir. Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktyabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘‘tabar zot - o‘qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, deymiz!
SHu bayram munosabati bilan institutning xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M.Axunjanov tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 12 nafar fidoyi ustoz-murabbiylarga faxriy yorliq va24 nafar fidoiy ustoz-murabbiylarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Xozirgi kunda nafaka gashtini surayotgan fidoiy ustoz-murabbiylar Davronov E.D., Begmatova S.J., Odilov A.K., Sobirov K, Bobokandov N., Toshtemirov R, Nurmatov E.larni hol-ahvollaridan xabar olindi.
Haqiqatan ham, ko‘z nuri va qalb qo‘rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan, bir so‘z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning oliyjanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.
Barcha ustoz va murabbiylarimizni SamDAQI yoshlar bilan ishlash bo‘limi va institut matbuot xizmati nomidan 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. YOsh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamang, aziz ustozlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018 yil 3 fev-raldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida:
6 mart kuni “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami”(2021 yil) munosabati bilan SamDAKI xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushma kumitasi tomonidan Nurato shaxriga sayoxat uyushtirildi. Sayoxatga institut 53 nafar xotin-qizlarini, professor ukituvchi va xodimlarlar jalb kilindi.
« 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlab ilmiy amaliy seminar to’g’risida
28-aprel kuni Samarqand davlat arxitektura –qurilish instituti «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasida institutning kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda « 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlab ilmiy amaliy seminar bo’lib o’tdi. Semirnarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori, «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi mudiri Musayev M.N., Toshkent to’qimachilik va yengil sanoati instituti mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi mudiri, professor O. Yuldasheva, Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti “Ekologiya va mehnat muhofazasi” kafedrasi professori, O. Raximov, AO «Uzbekistan airways» mehnatni muhofaza qilish muhandisi Xamidullayev F.F., Samarqand viloyati qizil yarimoy jamiyati ijrochi direktori H. Xolov, Transyo’lqurilish xodimlari Samarqand Viloyati kasaba uyushmasi raisi Izatullayev S.N., institut xodimlar va talabalar boshlang’ich kasaba uyushmasi raisi Axunjanov A.M., Samarqand kasbga o’qitish markazi (KOICA) mehnatni muhofaza muhandisi A. Sattorov, Samarqand davlat arxitektura –qurilish instituti «Qurilish» fakulteti dekani dosenti Bayzakov A., kafedralar professor o’qituvchilari, «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi professor – o’qituvchilari va yuqori kurs talabalari qatnashdilar. Seminarda ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasining dolzarb masalalaridan:
-fanni oliy ta’lim tizimida o’qitishning dolzarbligi va u qamrab olinishi lozim bo’lgan masallar;
-ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tayekshirish va rasmiylashtirishning samarali usullari;
-mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi fanini o’qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni samarali usullari;
-ishlab chiqarishda yong’in xavfsizligini ta’minlashda qaratilgan qonun va boshqa me’yoriy ho’jjatlar mazmun – mohiyati va xavfsizlikga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirish choralari;
-ishlab chiqarish va kundalik hayotimizda kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining tutgan o’rni va ishchi –xodimlarning ijtimoiy muhofazasiga qaratilgan tadbirlar va vakolatlari haqida keng qamrovli munozaralar va maruzalar tinglandi. Seminar yakuni bo’yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Seminarga Samarqand davlat arxitektura –qurilish instituti «Hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi mudiri, dosent Razzoqov Habib Xoliqovich va institut kasaba uyushmasi raisi Oxunjonov Abdurahmon boshchilik qildilar.