SamDAQIning hozirgi xalqaro faoliyati to‘g‘risida ma'lumot

SamDAQIning hozirgi xalqaro faoliyati to‘g‘risida ma'lumot

      Hozirgi paytda institut Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat qurilish universiteti, Xabarovsk Tinch Okeani Universiteti, Qozon davlat arxitektura-qurilish universiteti, Qozog‘iston Xalqlar do‘stligi universiteti, Qozog‘iston Bosh arxitektura-qurilish Akademiyasi, Malayziyaning Perlis Universiteti, Koreyaning Kemyong universiteti, Xongik universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining Harbin muhandislik universiteti, Italiyaning Sansone (Sansone srl) kompaniyasi, Germaniyaning “KNAUF” kompaniyasi va BMTga qarashli YUNESKO tashkiloti bilan shartnomalar asosida ishlar olib bormoqda.

Institut jamoasining xorijiy grant dasturlardagi ishtiroki:

1. Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturining “CD_JEP-26100-2005 LAREMA: Land Resource Management in Uzbekistan” loyihasi. Ushbu loyihadagi hamkor OTMlari - Qirollik texnologiya instituti (Shvetsiya), Xelsinki Texnologiya Universiteti (Finlandiya), Lyublyana Universiteti (Sloveniya), Mari Davlat Texnika Universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va O‘zbekistondan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti. Mazkur loyiha doirasida institutdan 10 nafar professor-o'qituvchilar xorijiy stajirovka kurslarida ishtirok etishdi. Institutda "Geodeziya" kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari uchun "Yer resusrslarini boshqarish" bo'yicha to'liq kompyuterlashgan ilmiy tdqiqot xonasi tashkil etildi.

2. Tempus dasturining  530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR      UZWATER: “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimida magistrlar uchun atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanishning suv resurlarini boshqarish va ulardan samarali foydalanish magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Evropa Ittifoqidan Shvetsiyaning Upsala Universiteti, Qirollik Texnologiya Instituti, Orol Dengizi jamiyati, Polshaning Varshava Universiteti, Litvaning Kaunas Texnologiya Universitetlari va O‘zbekistonning 8 ta OTMlari hamkorligida ish olib borilmoqda. (Loyiha umumiy qiymati 894 580,12 evro) Loyihaning milliy koordinatori dots. Gadayev Abror Niyazovich.

      Mazkur qo‘shma loyiha doirasida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq xorijiy stajirovkalar amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu xorijiy stajirovkaga qo‘shma loyiha hisobidan 41005000 so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek institutda magistrlar uchun TEMPUS – UZWATER milliy o‘quv markazi tashkil etildi. Mazkur o‘quv markazi qo‘shma loyiha byudjeti hisobidan jami qiymati 31 875 evro bo‘lgan Italiyaning Didakta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan suvni tozalash va tarkibini tahlil qilish uchun muljallangan labaratoriya jihozi (26 695 evro) va multimediya jihoz(5 180 evro)lari bilan jihozlandi.

3. 2013 yil institutning “Geotexnika va avtomobil yo‘llari” kafedrasi  EI va O‘zbekiston OTMlari bilan hamkorlikda Tempus dasturining HJGHVEC 544061-TEMPUS-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi va transport mashinasozligi bo‘yicha magistrlik o‘quv dasturlarini ishlab chiqish” loyihasi tanlovida qatnashdi va g‘olib bo‘ldi. (Loyiha umumiy qiymati 838 996,69) Ushbu grant loyihasi doirasida 2014 yil 28 fevral kuniSamDAQIda O‘zbekistonlik hamkor OTMlar koordinatorlarining dastlabki seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda dasturning maqsad va vazifalari muhokama qilinib, ishchi rejalari ishlab chiqildi. Mazkur loyiha doirasida institut bo‘yicha loyiha koordinatori dotsent A.Madatov 26 yanvar - 26 fevral kunlari Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetida tashkil etilgan 1 oylik o‘quv seminari hamda mazkur qo‘shma loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan kelishuv yig‘ilishlarida ishtirok etdi.

Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari, magistr va talabalarining  xorijiy tashkilot va OTMlardagi konferensiya, seminar va stajirovka kurslarida ishtiroki:

 1. Institut bitiruvchisi, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi xodimi Umedjon Giyosov Rossiya Federatsiyasining grant dasturi bo‘yicha Moskva davlat qurilish universitetida Menejment mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olib qaytdi. U.Giyasov xozirda “Ko‘chmas mulk ekpertizasi va uni boshqarish” kafedrasida faoliyat olib bormoqda.

2. “Landshaft dizayni va interer” kafedrasi kabinet mudiri Anvar Safarov  Xitoy Xalq Respublikasining Janubiysharq (Southeast) universitetida Arxitektura mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olmoqda.

3. Institut “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Qo‘ldasheva va “Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish” kafedrasi o‘qituvchisi S.Manoyevlar 1999 yil 8 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi ta'lim vazirligi o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlik Bitimi” hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti grantlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining     2015 yil  10 sentyabrdagi 335-sonli buyrug‘iga binoan Xitoy Xalq Respublikasining Harbin muhandislik universitetida arxitektura va qurilish sohasida 10 oylik stajirovka kursida ta'lim olmoqdalar.

4.Institut professor-o‘qituvchilaridan dotsent A.Z.Xasanov Rossiya federatsiyasining Novocherkask shahri M.I.Platova nomidagi Janubiy Rossiya Davlat Politexnika Universitetida 2015 yil 13-15 may kunlari “Механика грунтов в геотехнике и фундаментостроении” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada o‘zining “Экспериментальные исследования прочности грунтов в лабораторных приборах” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi, dotsent A.A.Sultonov  2015 yil 16-18 sentyabr kunlari Germaniyaning Vaymer universitetida o‘tkazilgan “Qurilish materiallari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi, “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dotsenti A.Z.Xasanov va mazkur kafedra assistenti Z.A.Xasanovlar 2015 yil 9-13 noyabr kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida o‘tkazilgan "Yer mexanikasi va geotexnika muhandisligi” mavzusidagi XV-Osiyo hududiy xalqaro konferensiyada  o‘zlarining hammualliflikda yozgan “Markaziy Osiyodagi tarixiy yodgorliklarga qisqa ta'sirli geotexnikani qo‘llash” mavzusidagi ilmiy maqolasi bo‘yicha ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

5. Institut akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bo‘yicha prorektori dotsent A.Gadayev Shveytsariyaning Jeneva shahrida 2016 yil 27 – 29 yanvar kunlari BMTning Halokat xafvini kamaytirish boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan Fan va texnologiya xalqaro konferensiyasida o‘zining “Orol dengizi halokati: Markaziy Osiyoda suv resurslarini barqaror boshqarish” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Institutda Arxitektura-Qurilish sohalarida xorijiy delegatsiyalar ishtirokida xalqaro uchrashuv va seminarlar tashkil etilgan.

1.  2015 yil 11-13 fevral kunlari institutda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura-Qurilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan Koreyaning Kemyong universiteti prorektori Li Jun Xi rahbarligidagi delegatsiya ishtirokidagi xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda  ikki tomon professor-o‘qituvchilari Shaharsozlik, Yo‘l qurilishi, Suv ta'minoti, Bio arxitektura va Yashil arxitektura, Zilzilabardoshlik, Karkas konstruksiyalarni qo‘llash kabi mavzularda, hamda Arxitektura va qurilish yo‘nalishida Kemyong universiteti va SamDAQIda amal qilinayotgan ta'lim standartlari, ta'lim dasturlari va o‘quv rejalari bo‘yicha ham fikr almashishdi. Seminar so‘nggida SamDAQI va Kemyong universiteti o‘rtasida hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 noyabrdagi        01-05/23-3 raqamli yig‘ilish bayoni hamda shu mazmundagi Samarqand viloyat hokimligining 03.12.2014 yildagi 02/2-1203 sonli  bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura Qurilish qo‘mitasining 2015 yil 11 maydagi 2589/33-02 raqamli xatiga asosan 2015 yil 14-15 may kunlari institutda Xitoy Xalq Respublikasi Shaharsozlik jamiyati rahbari janob Shi Nan  rahbarligidagi delegatsiya ishtirokida Arxitektura mutaxassislari va talabalar uchun xalqaro seminar o‘tkazildi. Mazkur xalqaro seminarda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar Arxitektura va shaharsozlik sohasida Xitoyda olib borilayogan ishlar bilan tanishishdi, Xitoylik arxitektorlar tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Seminar so‘ngida delegatsiya a'zolari bilan olib borilgan muzokara chog‘ida kelgusida Xitoy Xalq Respublikasi Shaharsozlik jamiyati, Sinxua universitetining arxitektura maktabi, Tunszi universitetining arxitektura va   shaharsozlik   instituti  va Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.

     3. 2015 yil  1-14 iyul kunlari Xalqaro YUNESKO tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Tarixiy markazlarni saqlash va boshqarish” YUNESKO kafedrasi hamkorligida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida  8 nafar xorijiy talabalar, 3 nafar xorijiy ekspertlar hamda institut 3 nafar professor-o‘qituvchilari, 11 nafar talabalari ishtirokida “Samarqand shahridagi tarixiy hududlarni o‘rganish” mavzusida yozgi maktab ilmiy amaliyoti o‘tkazildi. Mazkur yozgi amaliyot davomida Samarqand shahridagi tarixiy turar-joy binolari ro'yxatga olindi va ularda yashovchi mahalliy aholiga mazkur tarixiy muhitga ega turar-joy binolarini yaxshi saqlash bo‘yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Mazkur loyihada faol ishtirok etgan institut talabaridan 8 nafari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

       
       

      4. 2015 yil 12-13 noyabr kunlari institutda Fransiyaning Lil 1 universiteti prorektori Fransua-Olive Seys rahbarligidagi delegatsiyasi ishtirokida “Kelajak shaharlari: shaharsozlik, demografiya va barqaror rivojlanish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda  ikki tomon professor-o‘qituvchilari “Demografik o‘sishning shaharsozlik siyosatiga ta'siri”, “Shaharsozlik loyihalarida madaniy merosni asrab-avaylash va uning ahamiyatini oshirish masalasi”, “Metropoliyalar taraqqiyoti masalalari: shaharsozlik va obodonchilik loyihalarida fuqorolik jamiyatining o‘rni”, “Shahar tarixiy muhitini saqlash va qayta tiklashning me'moriy imkoniyatlari”, “Ertangi kun shaharsozligi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda an'anaviy pedagogik usullar” kabi mavzularda ma'ruzalar qilishdi va o‘zaro fikr almashishdi. Seminar so‘ngida delegatsiya a'zolari bilan olib borilgan muzokara chog‘ida kelgusida Fransiyaning Lil-1 universiteti  va Samarqand Davlat Arxitektura Qurilish Instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.  

    5. 2015 yil 24 noyabr kuni Malayziya texnologiya universiteti delegatsiyasi institutga tashrif buyurdi. Delegatsiya a'zolari Malayziya Texnologiya Universitetining Innovatsiya, fan va texnologiya maktabi dekani Norixan Abu Xasan, mazkur maktab dekani muovini Nor Ashikin binti Muxammad Yusuv hamda institut ma'muriyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda kelgusida Samarqand Davlat Arxitektura Qurilish Instituti va Malayziya texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqlarini o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.

   6. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil      7 yanvardagi 87-03-36 raqamli xatiga asosan “Fulbrayt” dasturi stipendianti, qurilish va muhandislik sohalari bo‘yicha AQShlik mutaxassis Mikael Gartnerning aprel – may oylarida institutga tashrifi rejalashtirilgan. Mikael Gartner tashrifi mobaynida institut Qurilish fakulteti bakalavr va magistr talabalariga “Binolarning zilzila bardoshligi, uni tahlil qilish, binolarni loyihalashda zilzilabardoshlik choralarini ko‘rish” kabi mavzularda ma'ruzalar o‘qishi ko‘zda tutilgan. 

Institut xalqaro aloqalar bo‘limi