Arxitektura fakulteti

 

Fakultet dekani: Kamalova Dilnoza Zaynidinovna 
Telefon: (+998)93-727-29-63
E-mail: E-mail: d.kamalova.samdaqi.edu.uz
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD (arch)
Ilmiy unvoni: 
Chet tillarini bilishi: Rus tili, Ingliz tili
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: 
Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00

 

 

     Fakultet to'g'risida

     Arxitektura  fakulteti Samarqand Davlat arxitektura – qurilish instituti Qurilish fakulteti tarkibidan 1969 yilda ajralib chiqdi.
Bugungi kunda fakultetda 90 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar faoliyat kursatmoqda. Arxitektura sohasining yetuk olimlari  M. Q. Axmedov, A. S. Uralov, K.D. Raximovlar Toshkent arxitektura-qurilish institutinig doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlash bo’yicha ilmiy ixtisoslashgan kengashi a’zolaridir.
    O'zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” va “Orbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi” oliy unvonlariga sazovor bulgan professorlar A. S. Uralov va E. M. Muhammadiyevlar nafaqat fakultetimiz, balki institutimizning ham faxri hisoblanishadi.
     1998-yildan boshlab fakultetda 18.00.01 -  “Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash” ixtisosligi bo’yicha aspirantura, 2000-yildan e’tiboran ushbu ixtisoslik bo’yicha doktorantura tashkil etildi va bugungi kunda respublikamiz uchun nafaqat oliy malakali bakalavrlar va magistrlar, balki yuqori saviyali ilmiy pedagogik kadrlar ham tayyorlanib kelinmoqda.
Arxitektura fakulteti SamDAQI ning o’quv ilmiy va ma’muriy bo’linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassislari bo’yicha talabalarnu o’qitish, ta’lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borishni ta’minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug’ullanadi.


Dekanat fakultetda rahbarlikni amalga oshiradi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi funktsiyalarni bajaradi. Uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
  1. O'qituvchilar faoliyatini nazorat qilish (o'quv rejasining bajarilish holati, hujjatlar va boshqalar);
  2. Talabalarning muvaffaqiyatini baholash;
  3. Abituriyentlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul komissiyasi bilan hamkorlikda ishlash;

FAKULTET KAFEDRALARI:

  • Arxitekturaviy loyihalash
  • Arxitektura nazariyasi va tarixi
  • Landshaft dizayni va interer
  • Tasviriy san’at
  • Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
  • Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash

FAKULTET QUYIDAGI TA'LIM YO`NALISHLARI BO`YICHA BAKALAVRLARNI TAYYORLAYDI:

  • 5341100 - Arxitektura (turlari bo'yicha);
  • 5150900 - Dizayn (turlari bo'yicha);
  • 5341000 - Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish;
  • 5341700 - Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavrasiyasi;
  • 5342000 - Urbanistika, shaharsozlikni rejalashtirish;
  • 60212200 - Madaniy me’ros obyektlarini asrash.​

QUYIDAGI MUTAXASSISLIK BO`YICHA MAGISTRLARNI TAYYORLAYDI:

  • 5A150901 - Dizayn: interyerni loyihalash
  • 5A340101 - Bino va inshootlar arxitekturasi
  • 5A340102 - Arxitektura nazaryasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash
  • 5A340103 - Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi