OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALARNI MODDIY QO‘LLAB-QUVVATLASH UCHUN FAOL TALABALARDAN TEST SINOVLARI OLINDI

Yangiliklar | 26-02-2019 | ko'rishlar soni: 1177

post img

Joriy yilning 23 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi xodimi A.Asatov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov hamda tashkilotning faol a’zolari ishtirokida Yoshlar ittifoqi tomonidan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Test jarayoni adolatli tarzda o‘tkazilib, natijalar viloyat kengashi tomonidan e’lon qilinadi. Test sinovlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga bir yillik to‘lov-shartnoma pulining 35 foizi miqdoridagi so‘mma to‘lab beriladi.

Batafsil o'qish

“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” ITTIFOQ KUBOGI TASHKIL ETILDI

Yangiliklar | 26-02-2019 | ko'rishlar soni: 1306

post img

2019 yil 22 fevral kuni shahrimizning “Yoshlar markazi” binosida Samarqand viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, Respublika yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovining “Ittifoq kubogi” festivali bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

KITOBXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISH – BUYUK MAQSADLARIMIZGA ERISHISHNING MUHIM KAFOLATIDIR

Yangiliklar | 21-02-2019 | ko'rishlar soni: 1183

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining “Muhandislik kommunikasilari qurulishi” fakulteti “Suv ta’minoti kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi mudiri, hamda guruh murabbiylari tashabbusi bilan 2019 yilning 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga qilgan Murojaatnomasi va undan kelib chiqqan holda “O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o’tkazildi..

Batafsil o'qish

AJDODLARIMIZ BIZNING FAXRIMIZ

Yangiliklar | 19-02-2019 | ko'rishlar soni: 2205

post img

2019 yilning 16 fevral kuni so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan “Ajdodlarimiz bizning faxrimiz” nomli tadbir hamda ARMga kelgan yangi adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

“YO‘L QOIDASI — UMR FOYDASI” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI

Yangiliklar | 19-02-2019 | ko'rishlar soni: 1116

post img

Joriy yilning 15 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan “Yo‘l qoidasi — umr foydasi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Batafsil o'qish

Biz ijodkor talabamiz!

Yangiliklar | 18-02-2019 | ko'rishlar soni: 1407

post img

2019 yil 14 fevral kuni “Arxitektura” fakulteti  “Tasviriy san’at” kafedrasining rasm zalida  2018-2019 o‘quv yilining  kuzgi semestri yakuni bo‘yicha talabalar mustaqil ishlaridan “Biz ijodkor talabamiz!”  mavzusidagi mustaqil ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

“YOSHLAR ORASIDA GIYOHVAND VOSITALARNI TARQALISHIGA QARSHI KURASH” MAVZUSIDA UCHRASHUV

Yangiliklar | 16-02-2019 | ko'rishlar soni: 1296

post img

2019 yil 11 fevral kuni institut katta faollar zalida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarni tarqalishiga qarshi kurash” mavzusidagi tezkor profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

“NAVOIY SIYMOSI –YOSHLAR TALQINIDA” VA “BOBUR – OLIM, SHOH, SHOIR VA MAHORATLI SARKARDA” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN BADIIY KECHA

Yangiliklar | 16-02-2019 | ko'rishlar soni: 1285

post img

2019 yil 14 fevral kuni institut faollar zalida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat  va ma`rifat bo`limi, хotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi, yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab “Navoiy  siymosi - yoshlar talqinida” va “Bobur – olim, shoh, shoir va mahoratli sarkarda” mavzusida badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI – NURONIYLAR NIGOHIDA

Yangiliklar | 14-02-2019 | ko'rishlar soni: 1203

post img

2019 yilning 9 fevral kuni institutda uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan nuroniy ustozlar institutning kichik faollar zalida to‘planishib, keyingi yillarda ta’lim sohasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ijrosini ta’minlash borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashishdi.

Batafsil o'qish

AMERIKALIK MUTAXASSIS TOMONIDAN FULBRAYT DASTURI ASOSIDA MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI O‘TILISHI REJALASHTIRILDI

Yangiliklar | 13-02-2019 | ko'rishlar soni: 1158

post img

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi 87-03-4179-sonli xatiga binoan, Fulbrayt dasturi asosida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Magnet san’at maktabining ixtisoslashgan ta’lim markazi xodimi Sheffield II Gerald Euhon 2018-2019 o‘quv yilining bahorgi semestri mobaynida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ilmiy faoliyat olib borish va talabalarga ma’ruza mashg‘ulotlar o‘tish uchun tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Batafsil o'qish