REKTOR TABRIGI!

HURMATLI HAMKASBLAR VA DO‘STLAR!


Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasida mutaxassislar tayyorlovchi yetakchi texnik institut hisoblanadi. Bizning institut 20 ga yaqin bakavaviatura ta'lim yo‘nalishlari va 10 dan ortiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlaydi.

Bugungi kunda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti respublikadagi oliy ta'lim muassasalari ichida ilmiy-pedagogik salohiyati yuqori, keng ko‘lamli xalqaro aloqalar va zamonaviy tipdagi texnologiyalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarga ega bo‘lgan institutdir.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yevropa va Osiyodagi yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarini o‘rnatgan. So‘nggi yillarda tashkil etilgan arxitektura va qurilish sohasida magistrlar tayyorlovchi “O‘zbek-German qurilish akademiyasi”ning asoschilaridan biri ham Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hisoblanadi.

Bundan tashqari institutning professor-o‘qituvchilari va “Tarixiy markazlarni saqlash va boshqarish” nomli “YUNESKO” kafedrasi “TEMPUS” va boshqa xalqaro loyihalarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.
Institut eshiklari xalqaro hamkorlik uchun doimo ochiq va biz xorijiy talabalar, hamkasblar hamda do‘stlarimizni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.

 

 

Chidem Janbay Turkyilmaz
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori