“TA’LIM MUASSASALARIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI” MAVZUSIDA MA’RIFIY UCHRASHUV

Yangiliklar | 13-02-2019 | ko'rishlar soni: 1157

post img

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 yanvardagi 87-02-83-sonli modemogrammasi hamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 30-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida joriy yilning 8 fevral kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-o‘quvchilari o‘rtasida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

Buyuk ajdodlarga ehtirom

Yangiliklar | 11-02-2019 | ko'rishlar soni: 1430

post img

2019 yilning 9 fevral kuni buyuk mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 578 yilligi munosabati bilan shahrimizning Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida shoirga ehtirom ko‘rsatish maqsadida uning haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Batafsil o'qish

INSTITUT, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI AMALDA

Yangiliklar | 07-02-2019 | ko'rishlar soni: 1200

post img

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi “Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 917-sonli buyrug‘iga asosan institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Xudayarov va shu bo‘lim uslubchisi T.Ernazarov, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Saidovlar 2019 yilning 6 fevral kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 13-, 98-, 8-maktablarida, shuningdek “A. Navoiy”, “Jumaboy”, “Kadan”, “Qumoq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida, “Ogohlik davr talabi”, “Qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyotining poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Batafsil o'qish

KITOBXONLIK – BUYUK KELAJAK KAFOLATI

Yangiliklar | 07-02-2019 | ko'rishlar soni: 1154

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qurilishda menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan Qurilishni boshqarish fakultetining 3-qavati yo'lagida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarni aks ettiruvchi plakatlar va bannerlar bilan jihozlandi.

Batafsil o'qish

TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI TALABALAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

Yangiliklar | 06-02-2019 | ko'rishlar soni: 1196

post img

Joriy yilning 4 fevral kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2-son talabalar turar joyida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov talabalar turar joyida yashovchi talabalarning xonadagi sharoitlarini ko‘zdan kechirib, har bir talaba bilan individual suhbat olib bordi. 

Batafsil o'qish

KITOBXONLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISH – BUYUK MAQSADLARIMIZGA ERISHISHNING MUHIM KAFOLATIDIR

Yangiliklar | 04-02-2019 | ko'rishlar soni: 1165

post img

Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining “Qurilishda menejment” kafedrasi mudiri hamda guruh murabbiylari tashabbusi bilan 2019 yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga qilgan Murojaatnomasi va undan kelib chiqqan holda “O‘zbekistonda Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida kengaytirilgan davra suhbati o‘zbek va rus tillarida o‘tkazildi. Suhbat davomida professor A.Suyunov va dotsent I.Usmonov ma’ruza qildilar.

Batafsil o'qish

TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI TALABALAR BILAN MULOQOT O‘TKAZILDI

Yangiliklar | 04-02-2019 | ko'rishlar soni: 1098

post img

2019 yil 31 yanvar kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining katta faollar zalida institut moliya va iqtisod  ishlari bo‘yicha prorektori  A.Rajabov hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.Xaitovlar 2-son talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan “Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilaylik!” mavzusida muloqot o‘tkazishdi.

Batafsil o'qish

“Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga mas’ulman”

Yangiliklar | 02-02-2019 | ko'rishlar soni: 1191

post img

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida “Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga mas’ulman” mavzusida 2019 yilning 31 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Ma’naviy ma’rifiy uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i O‘. Xudayarov, qurilish fakultet dekan muovini B. Rasulov, institut psixologi S. Otayorov, IIB katta inspektori B. Napasovlar ishtirok etdilar va o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Batafsil o'qish

INSTITUT REKTORINING TAYANCH DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Yangiliklar | 02-02-2019 | ko'rishlar soni: 1051

post img

Institutda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi NIZOM” talablarini bajarish hamda institutda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida institut rektori va tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o'qish

Inson qadri aziz, ajdodlar xotirasi muqaddas!

Yangiliklar | 31-01-2019 | ko'rishlar soni: 1236

post img

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti  Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga viloyat va shahar hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan gullar qo‘yildi

Batafsil o'qish