Malaka oshirish va qayta tayyorlash

Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani: Mamatov Erkin Muxtorovich

Qabul kunlari: Har kuni 14-00 dan 16-00 gacha 

Telefon: (0366)-237-03-25

 E-mail: samdaqimof3@umail.uz 

 

 

 

 

   

SamDAQI qoshida «Malaka oshirish va qayta tayyorlash» fakulteti haqida  umumiy ma’lumot

 Mirzo Ulug’bek nomidagi SamDAQI qoshidagi malaka oshirish fakulteti «Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 19 fevral 57 sonli buyrug’iga va SamDAQI bo’yicha  1999 yil 4 martda chiqqan №26 - u sonli buyrug’i asosida faoliyat ko’rsatmoqda.
Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 4 oktyabrdagi 400-son qarorining 2-ilovasiga asosan SamDAQI qoshidagi «Malaka oshirish va qayta tayyorlash» fakultetiga kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini «Qurilish» va «Milliy hunarmandchilik» ta’lim yo’nalishlari bo’yicha malakasini oshirishga ruxsat berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1761-sonli qarorining 2 ilovasiga asosan SamDAQI qoshidagi “Malaka oshirish va qayta tayyorlash” fakultetida 8 ta viloyat: Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining malakasini oshirishga ruxsat berildi.
Malaka oshirish fakultetida Davlat talablarining amalga oshirilishi

«Malaka oshirish va qayta tayyorlash» fakulteti 2012 yil sentyabr oyiga qadar Oliy  va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 13 aprel 76 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan kadrlar malakasini oshirish fakulteti haqidagi namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan va institut ilmiy kengashda tasdiqlangan Nizom asosida ish olib bordi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi 242-son qarorining ijrosini ta’minlash bo’yicha shu qarorning 1-ilovasida keltirilgan o’rta maxsus kasb-hunar tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash to’g’risidagi namunaviy Nizomi asosida fakultet Nizomi ishlab chiqildi va ilmiy kengashning  qarori bilan tasdiqlandi va hozirgi kunda shu “Nizom” asosida ish yuritilmoqda.
«Malaka oshirish va qayta tayyorlash» fakultetining yillik ish rejasi, ma’naviy ma’rifiy ishlar rejasi ishlab chiqilgan va institut rektori tomonidan tasdiqlangan. O’rta maxsus, kasb-hunar kollejlari maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirishga oid O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, farmoyish, va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va buyruqlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlarining ijrosini ta’minlash malaka oshirish fakulteti tomonidan ishlab chiqilgan, institut ilmiy uslubiy kengashida muhokama qilingan, tegishli chora-tadbirlar orqali amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublika Prezidentining 2012 yil 28 maydagi «Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lmi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid  chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-1761-son va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi 242-sonli qarorining ijrosi bo’yicha institut rektorining 2012 yil 26-iyundagi 114-u sonli buyrug’i asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unda asosiy e’tibor kasb-hunar kollejlari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish masalalariga qaratilgan. 

 

Самарқанд давлат архитектура қурилиш институти қошидаги "Малака ошириш ва қайта тайёрлаш" факультетининг "Бино ва иншоотлар қурилиши" йўналиши бўйича касб-ҳунар коллежлари махсус фан ўқитувчилари ва ишлаб чиқариш таълими усталарининг

2019 йилда МАЛАКА ОШИРИШ РЕЖАСИ

Вилоятлар

Март
1.03-28.03.2019

Апрель
1.04-27.04.2019

Жами

Бино ва иншоотлар қурилиши
 (махсус фан ўқитувчилари)

Бино ва иншоотлар қурилиши
(ишлаб чиқариш таълим усталари)

1

Самарқанд

15

10

25

2

Қорақалпоғистон Республикаси

1

2

3

3

Хоразм

1

2

3

4

Сурхондарё

3

5

8

5

Кашкадарё

4

5

9

6

Жиззах

1

1

2

 

Жами

25

25

50

 

 

      Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 27 августдаги “Олий таълим муассасалари раҳбар ва педагог кадрларининг узлуксиз малакасини ошириш тизимини жорий этиш тўғрисида” ги ПФ-5789-сон Фармони, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 26 сентябрдаги “Олий таълим муассасаларига кириш учу номзодларни мақсадли тайёрлаш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида”ги ПҚ-3290-сон Қарори ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 23 сентябрдаги “Олий таълим муассасалари раҳбар ва педагог кадрларининг малакасини ошириш тизимини янада такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 797-сон қарори ижросини таъминлаш ҳамда Бош илмий методик марказларида олий таълим муассасалари раҳбар ва педагог кадрларини қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш курсларини ташкил этиш мақсадида, СамДАҚИдан 2020 йил мобайнида 131 нафар профессор-ўқитувчи қайта тайёрлаш ва малака ошириш курсларига иштирок этиши режалаштирилган. Улар,
Февраль ойида 14 нафар,
Март ойида 6 нафар,
Апрель ойида 39 нафар,
Май ойида 5 нафар,
Июнь ойида 10 нафар,
Сентябрь ойида 11 нафар,
Октябрь ойида 33 нафар,
Ноябрь ойида 4 нафар,
Декабрь ойида 9 нафар профессор-ўқитувчи ҚТваМО курсларига иштироки режага киритилган.


Самарқанд Давлат Архитектура-Қурилиш Институтидан 2020-Йил Қайта Тайёрлаш Ва Малака Ошириш Курсларига Иштирок Этувчи Профессор-Ўқитувчилар Рўйҳати