Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart! nomli ko'rik-tanlov

           2018 yil 17 oktyabr kuni soat 14:00 da “Arxitektura” fakulteti  “Tasviriy san’at” kafedrasining rasm zalida  “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart!” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida plakatlar bo‘yicha respublika ko‘rik -tanlovi  bo‘lib o‘tdi.Tadbirni “Tasviriy san’at” kafedrasi mudiri SH.E. O‘rinboev tabrik so‘zi bilan ochdi va konkurs qatnashchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.Ko‘rik-tanlovinining asosiy maqsadi -  yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, ularni ijodkorlikka undash orqali yosh ijodkorlarning ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini mukamallashtirish va rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, unda arxitektura  fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.An’ana tusiga kirib ulgurgan ko‘rik-tanlovga “Tasviriy san’at” kafedrasi o‘qituvchilari rahbarlik qilishdi.
      Kompozitsiyalar ko‘rik-tanlovida talabalarning ijodiy ishlari mohirlik bilan maromiga etkazib ishlanganligiga, yangiligi, boy fantaziyasi va mavzuning keng yoritilishi inobatga olinib “Eng yaxshi grafika”, “Eng yaxshi ranglar uyg‘unligi”, “Eng yaxshi innovatsion yondoshuv”, “Eng yaxshi plakat” va “Eng yaxshi kompozitsion echim” nominatsiyalari bo‘yicha baholanadi.
      Talabalar o‘z ijodiy ishlarida korrupsiyaga qarshi kurash hamda korrupsiya oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning ayanchli yakunini tasviriy obrazlar orqali ifodalab berish bilan birga innovatsion echimga alohida o‘rin berishga harakat qilishdi. Talabalar baholash jarayonidan oldin o‘z ijodiy ishlarini sharhlab berishlari dozim edi. Ular bu jarayonda ham faollik ko‘rsatishib, bajargan ishlarining mazmunini hamda korrupsiyaning ayanchli oqibatlarini chiroqyli tarzda sharhlab berishdi.Ko‘rik-tanlovida talabalarning ijodiy ishlarini baholash “Tasviriy san’at” kafedrasi mutaxassis o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirildi. Baholash natijasiga ko‘ra “Eng yaxshi grafika” nominatsiyasida 205-QHALTE yo‘nalishi talabasi Melikov Umid, “Eng yaxshi ranglar uyg‘unligi” nominatsiyasida 301-dizayn yo‘nalishi talabasi Absalamova Sevara, “Eng yaxshi kompozitsion echim” nominatsiyasida 401-KT (ts.mg.) yo‘nalishi talabasi Sayfieva Dilnoza, “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasida 203-arxitektura yo‘nalishi talabasi Sodiqov Barot va “Eng yaxshi innovatsion g‘oya”  nominatsiyasida 301-dizayn yo‘nalishi talabasi Jo‘raqulova SHohsanamlar g‘oliblikka erishishdi. Ko‘rik – tanlov g‘oliblari institut ma’muriyatining nominatsiyalar bo‘yicha diplomlari bilan hamda tadbirda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.