ILMIY KENGASH nizomi

  1. Umumiy qoidalar
  2. Samarqand davlat arxitektura-qurilish insituti umumiy  faoliyatiga  tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida institut Ilmiy kengashi tashkil etiladi.
  3. Ilmiy kengash tarkibi rektor: (rais), prorektorlar, fakultet dekanlari, institut tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoq direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari, shuningdek jamoat tashkilot rahbarlari va fakultetlarning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan tavsiya etilgan hamda muayyan ilmiy yo‘nalish muammolari bo‘yicha  faoliyat ko‘rsatayotgan olim va mutaxassislardan tashkil etiladi. Institut Ilmiy kengash tarkibi rektorning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy kengash a’zolarining vakolat muddati – 5 yil.
  4. Turli sabablarga ko‘ra, har o‘quv yilning boshida Ilmiy kengash tarkibidan chiqqan a’zolar o‘rniga, yangi tavsiya etilganlar kengash tarkibiga Nizom bo‘yicha kiritiladi.
  5. Samarqnd davlat arxitektura-qurilish instituti Ilmiy Ilmiy kengashining maqsad va vazifalari
  6. Ilmiy kengashning maqsad va vazifalari – institut jamoasining intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat. 
  7. Samarqnd davlat arxitektura-qurilish instituti Ilmiy kengashi:
  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofik, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o‘rganib chiqish hamda ustuvor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilash;
  • fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi, akakdemik litseylar, institut qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish hamda tegishli qaror qabul qilish;
  • ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qilish hamda tegishli qarorlarni qabul qilish;
  • oliy ta’lim muassasasi rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlash, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qilish hamda tegishli qarorlarni qabul qilish;
  • fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
  • “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq, professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazish;
  • professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqishni, belgilangan tartibda ilmiy unvonlarga tasdiqlashga taqdim etish;
  • professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning xujjatlarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etish;
  • ta’lim muassasasi bitiruvchilari professor-o‘qituvchilarning ingliz tilini bilishlarini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarini shakllantirish masalalarini muhokama qilish va chora-tadbirlarni belgilash;
  • ta’lim jarayonining o‘quv-adabiyotlar bilan ta’minlanganligi, avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qilish;
  • stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim izlanuvchi institutlariga nomzodlarni tavsiya etish, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlash;
  • iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchi tarkbidan nomzodlarni “Iste’dod” jamg‘armalari orqali xorijiy oliy ta’lim muassasalrida stajirovka o‘tashiga tavsiya etish;
  • institutning iqtidorli talabalari va stajer-tadqiqotchi izlanuvchilari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etish;
  •  “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liklarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
  • Asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ xamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qilish va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • Xorijiy mamlakatlarnining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
  • Ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitish hamda tegishli qaror qabul qilish;
  • Institut talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilash.
  1. Samarqand davlat arxitektura-quriliish insituti Ilmiy kengashi faoliyatini tashkil etish;
  2. Institut Ilmiy kengash o‘z faoliyati davomida har o‘quv yili uchun ishlab chiqiladigan  rejasi asosida Ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Institutning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha maslalar bo‘yicha Ilmiy kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Ilmiy kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.
    Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
  4. Ilmiy kengash qarorlari institut rektori tomonidan tasdilqanganidan so‘ng kuchga kiradi.
  5. Ilmiy kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi Bayonnomalar Ilmiy kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.
  6.  Ilmiy kengash raisi muntazam ravishda Ilmiy kengash qarorlarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Ilmiy kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.     

Izoh:  Vazirlik  va   hokimiyat  topshiriqlari  hamda   joriy ishlar zaruriyatidan kelib  chiqqan  holda Ilmiy  kengash yig‘ilishi   kun   tartibiga   Rektor   ko‘rsatmasiga   binoan    tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.