O’ZBEKISTON ROSSIYA HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik  I forumi  ikki mamlakat vazirlik va idoralari, hududlari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida tashkil qilindi.
Tashrif doirasida imzolangan 2019—2021-yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha yo‘l xaritasi, O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risida  bitimlar imzolandi. Shu munosabat bilan Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori S.I.Axmedov  va  Repin nomidagi Rossiya rassomlik akademiyasi qoshidagi  Sankt-Peterburg Davlat rassomchilik va haykaltaroshlik instituti rektori S.I.Mixaylovskiy hamda Janubiy Ural Davlat Universiteti prorektori O.N. Yarashenkolar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnstish maqsadida shartnoma imzolandi. Kelgusida oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo’shma fakultetlar tashkil qilish masalasi kelishib olindi. Shuningdek arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohalarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar hamda konferentsiyalar va shu bilan birga seminar-treninglar, o‘quv kurslari, master-klasslar va ilmiy tadqiqodlar o‘tkazish, malaka oshirish hamda stajirovka va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish  bo’yicha kelishib olindi.