Jalb etilgan sarmoya va grantlar

Institut jamoasining Xorijiy grant dasturlardagi ishtiroki:

  1.  Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturining “CD_JEP-26100-2005 LAREMA: Land Resource Management in Uzbekistan” loyihasi. Ushbu loyihadagi hamkor OTMlari - Qirollik texnologiya instituti(Shvesiya), Xelsinki texnologiya universiteti(Finlandiya), Lyublyana universiteti(Sloveniya), Mari davlat texnika universiteti (Rossiya Federasiyasi) va O’zbekistondan Toshkent irrigasiya va meliorasiya instituti, Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti.
  2.  Tempus dasturining  530666-TEMPUS-1-2012-1-LT-TEMPUS-JPCR      UZWATER: “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistrlar uchun atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanishning suv resurlarini boshqarish va ulardan samarali foydalanish magistrlik dasturini ishlab chiqish”  loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqidan Shvesiyaning Upsala universiteti, Qirollik Texnologiya instituti, Orol Dengizi jamiyati, Polshaning Varshava Universiteti, Litvaning Kaunas Texnologiya Universitetlari va O’zbekistonning 8 ta OTMlari hamkorligida ish olib borilmoqda. (Loyiha umumiy qiymati 894 580,12 yevroLoyihaning milliy koordinatori dos. Gadayev Abror Niyazovich. Mazkur qo’shma loyiha doirasida institut professor-o’qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq xorijiy stajirovkalar amalga oshirilgan bo’lib, ushbu xorijiy stajirovkaga qo’shma loyiha hisobidan 41005000 so’m mablag’ sarflandi. Shuningdek institutda magistrlar uchun TEMPUS – UZWATER milliy o’quv markazi tashkil etildi. Mazkur o’quv markazi qo’shma loyiha byudjeti hsobidan jami qiymati 31 875 yevro bo’lgan Italiyaning Didakta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Suvni tozalash va tarkibini tahlil qilish uchun muljallangan labaratoriya jihozi (26 695 yevro) va multimediya jihoz(5 180 yevro)lari bilan jihozlandi.
  3.  2013 yil institutning “Geotexnika va avtomobil yo’llari” kafedrasi  YeI va O’zbekiston OTMlari bilan hamkorlikda Tyempus dasturining HJGHVEC 544061-TEMPUS-1-UK-TEMPUS-JPCR “Avtomagistrallar qurilishi va transport mashinasozligi bo’yicha magistrlik o’quv dasturlarini ishlab chiqish” loyihasi tanlovida qatnashdi va g’olib bo’ldi. (Loyiha umumiy qiymati 838 996,69) Ushbu grant loyihasi doirasida  2014 yil 28 fevral kuni SamDAQIda O’zbekistonlik hamkor OTMlar koordinatorlarining dastlabki seminari bo’lib o’tdi. Seminarda dasturning maqsad va vazifalari muhokama qilinib, ishchi rejalari ishlab chiqildi.
  4.  Institutning “Suv ta’minoti va kanalizasiya” kafedrasi dosenti Abror Gadayev tomonidan Shvesiyaning Liney-Palme (Linnaeus-Palme) dasturi bo’yicha Qirollik Texnologiya instituti bilan hamkorlikda professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi bo’yicha grant loyihasi ishlab chiqilib, xalqaro tanlov komissiyasiga topshirilgan edi. Ushbu grant loyihasi tanlovda g’olib deb topilib, almashinuvlar uchun grant mablag’i ajratildi. Almashinuvlar 2015 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  
  5. Erasmus+ дастури доирасида  бажарилиши 2017-2020 йилларга мўлжалланган 585718-ЕРР-1-2017-1-SE-EPPKA2-CBHE-JP рақамли “DSinGIS: Геоахборот тизимида докторантура” лойиҳаси бўйича жами 346,0 млн. сўмлик (бир нафар профессор-ўқитувчига тўғри келадиган маблағ - 714,0 минг сўм)хорижий илмий тадқиқот фондлари буюртмалари доирасида илмий-тадқиқот ишлари амалга оширилмоқда.
  6. 2020 йилда «Марказий Осиёдаги маданий ёдгорликларга экологик мухитнинг  хавфини ўрганиш ва хафни таъсирини олдини  олиш  - ERAMCA» лойихаси билан қатнашиб, 801 376 еврога тенг грантни қўлга киритди