"Samarqand shahar kuni” ga bag‘ishlab plakatlar kompozitsiyasi ko‘rik-tanlovi
2018 yil 17 oktyabr kuni soat 14:00 da “Arxitektura” fakulteti “Tasviriy san’at” kafedrasining rasm zalida “Samarqand shahar kuni” ga bag‘ishlab plakatlar kompozitsiyasi ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Tasviriy san’at” kafedrasi mudiri SH.E. O‘rinboev tabrik so‘zi bilan ochdi va konkurs qatnashchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.Ko‘rik-tanlovinining asosiy maqsadi - yosh ijodkorlarni tarbiyalashda badiiy fikrlash tafakkurini yuksaltirish, ularni ijodkorlikka undash orqali yosh ijodkorlarning ijodiy bilimini kengaytirish hamda ijodiy faoliyatini mukamallashtirish va rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, unda arxitektura fakultetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. An’ana tusiga kirib ulgurgan ko‘rik-tanlovga “Tasviriy san’at” kafedrasi o‘qituvchilari rahbarlik qilishdi.Ko‘rik-tanlovida talabalarning ijodiy ishlari mohirlik bilan maromiga etkazib ishlanganligiga, yangiligi, boy fantaziyasi va mavzuning keng yoritilishi inobatga olinib “Eng yaxshi grafika”, “Eng yaxshi ranglar uyg‘unligi”, “Eng yaxshi kompozitsion echim” va “Eng yaxshi plakat” nominatsiyalari bo‘yicha baholanadi. Talabalar o‘z ijodiy ishlarida Samarqand shahrining maftunkorligi, shahar ko‘rkiga ko‘rk bag‘ishlab turgan tarixiy obidalarning jilvalarini mohirlik bilan ifodalab berishga harakat qilishdi. Ko‘rik-tanlovida talabalarning ijodiy ishlarini baholash “Tasviriy san’at” kafedrasi mutaxassis o‘qituvchilari tomonidan amalga oshirildi. Baholash natijasiga ko‘ra “Eng yaxshi grafika” nominatsiyasida 102-dizayn yo‘nalishi talabasi Mavlonov SHahzod, “Eng yaxshi ranglar uyg‘unligi” nominatsiyasida 102-dizayn yo‘nalishi talabasi Alieva Nasiba, “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasida 203-dizayn yo‘nalishi talabasi Narzullaeva Mohira, “Eng yaxshi kompozitsion echim” nominatsiyasida 203-dizayn yo‘nalishi talabasi Hasanova Gularolar g‘oliblikka erishishdi. Ko‘rik – tanlov g‘oliblari institut ma’muriyatining nominatsiyalar bo‘yicha diplomlari bilan hamda tadbirda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.