Yangiliklar | 21-11-2018 | ko'rishlar soni: 1261
2018 yil 17 noyabr kuni muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti 102-MKQ guruhi talabalarining ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda guruh murabbiyi F.Axmedova, fakultet dekani o‘rinbosari E.Xaydarov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Saidov, MKQ fakulteti murrabiylar kengashi raisi Sh.Usmonov, guruh talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 21-11-2018 | ko'rishlar soni: 1334
2018-yil 15-noyabrda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni Ilmiy kengash raisi, institut rektori S.I.Axmedov ochib berdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 20-11-2018 | ko'rishlar soni: 1348
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti hamda fakultet yoshlar ittifoqi kengashi hamkorligida 2018 yil 17 noyabr - “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan fakultet kubogi futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 19-11-2018 | ko'rishlar soni: 1769
2018 yil 16 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar orasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 17-11-2018 | ko'rishlar soni: 1249
2018 yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida institut faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda SamDAQI yoshlar bilan ishlash prorektori v.v.b. O‘.Xudayarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI BT yetakchisi O.Xaitov, Yosh tadbirkor konsultativ markazi koordinatori D.Nabiyev, yoshlar ittifoqi SamDAQI BTning faol a’zolari va 110 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 15-11-2018 | ko'rishlar soni: 1578
2018 yil 14 noyabr kuni Vazirlikning 137-sonli buyrug‘i va oilada tibbiy madaniyatni oshirish to‘g‘risidagi 87-02-767-sonli modemnomasi asosidagi talaba-yoshlarning sog‘ligini asrash, ularni har xil infeksion kasalliklardan asrash maqsadida institut faollar zalida “Salomatlik – tuman boylik” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i T.Egamov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 13-11-2018 | ko'rishlar soni: 1327
Joriy yilning 10 noyabr kuni Yaponiyaning Kogakuin universiteti vitse-Prezidenti Takashi Vatanabe hamda Universitet xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Yoko Nakamura Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga institut rahbariyati bilan uchrashish va faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishdi. Delegatsiya a’zolari dastlab institut rektori S.I.Axmedov bilan uchrashishdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 13-11-2018 | ko'rishlar soni: 1284
2018-yil 10 noyabr kuni Italiyaning Neapol shahridagi “Luidji Vanvitelli” universitetining professorlari Serxio Sibasio va Luidji Maffeylar Samarqand davlat arxitektura qurilish institutiga “Zamonaviy arxitektura-qurilish va dizayn” masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 07-11-2018 | ko'rishlar soni: 1361
2018 yil 5 noyabr kuni talaba-qizlarni g‘oyaviy tahdid va diniy ekstremizmning zararli ta’sirlaridan himoya qilish va ularni o‘z shaxsiy hayotlari, diniy e’tiqodlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida institut talaba-qizlari bilan faollar zalida “Xotin-qizlar va diniy e’tiqod” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 07-11-2018 | ko'rishlar soni: 1250
2018 yil 6 noyabr kuni talaba-qizlarni O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida ularni ma’naviyati va madaniyatini shakllantirish maqsadida institut faollar zalida “Vatan tinchligi – yurt obodligi!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut yoshlar bilan ishlash prorektori v.b. O‘.Xudayarov so‘zga chiqdi va talaba-qizlarga vatanparvarlik bu Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan Farmonlar, hukumat qarorlari, huquqiy hujjatlarni bilish, hurmat qilish va hayotda to‘liq amal qilish ekanligi, Vatan osoyishtaligini himoyasiga doimo tayyor turish va Vatan tarixi, ma’naviy merosini mukammal bilish lozimligi haqida tushunchalar berdi.
Batafsil o'qish