“Samarqand – sharq gavhari” mavzusida insholar tanlovi
2018 yil 15 oktabr kuni institutda 18-oktabr – “Samarqand kuni” bayrami munosabati bilan “Chet tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Samarqand – sharq gavhari” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
“Samarqand – sharq gavhari” nomli insholar tanlovida o‘ndan ortiq talabalar ishtirok etishdi, ishtirokchilar o‘z insholarida ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shonli tarixga ega tkanligi, ushbu shahar o‘zining betakror chiroyi, asriy obidalari bilan dunyo ahlini hayratga solib kelishi, Samarqand shahrining ulug‘vorligi, shavkati buyuk ajdodimiz Amir Temur bilan bog‘liqligi, Sohibqiron olti asr avval qudratli davlat barpo etib, Samarqandni uning poytaxti deb e’lon qilganligi va ushbu davr Smaraqand shahri hamda shahar atrofidagi hududlar gullab yashnaganligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Shuningdek mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Samarqand shahri mavqeyi va salohiyati bo‘yicha ikkinchi shahar nomiga sazovor bo‘lganligi hamda xalqaro nufuzi ortib borayotganligi, Samarqandliklar tomonidan dunyoning ko‘plab shaharlari aholisi bilan samimiy va do‘stona munosabatlari yo‘lga qo‘yilganligi haqida ham o‘z fikrlarini aytib o‘tishdi.
Insholar tanlovida qatnashgan talabalar orasidan 103-“Arxitetura” guruhi talabasi Shukrullayev Bekzodning inshosi 1 o‘ringa, 205-“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” guruhi talabasi Mamatov Shoxruxning inshosi 2 o‘ringa, 103-“Shahar qurilishi va xo‘jaligi” guruhi talabasi Sobirjonov Shaxbozning inshosi 3 o‘ringa munosib deb topildi va ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.