Yangiliklar | 06-11-2018 | ko'rishlar soni: 1374
     
     
        
             
        
     
        
2018 yil 3 noyabr kuni qurilishni boshqarish fakulteti “Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” yo‘nalishi talabalariga institut psixologi guruh murabbiyi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarni har xil ruhiy bosimlarni yengib o’tishi va buning uchun e’tiborni nimalarga qaratishni o’rgatish maqsadida “Ruhiy xotirjamlikka erishish va diqqatli bo’lish”  mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
 
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 06-11-2018 | ko'rishlar soni: 1593
     
     
        
             
        
     
        Joriy yilning 3 noyabr kuni SamDAQI “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi, 202-“QHALTE” guruhi murabbiyi E.E.Jurayeva guruh talabalari va fakultet yoshlar ittifoqi yetakchilari bilan birgalikda shahrimizdagi 10-mehribonlik uyiga tashrif buyurib, mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolajonlarga qiziqarli o‘yinlar tashkil qildi, guruhning faol talabalari tomonidan turli-xil topishmoqlar va savollar berildi. Bolajonlar berilgan topishmoq va savollarga to‘g‘ri, aniq javob berishdi va bolajonlar faol ishtiroki uchun sovg‘alar bilan taqdirlandi.
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 06-11-2018 | ko'rishlar soni: 1611
     
     
        
             
        
     
        2018 yil 30 oktabr kuni qurilish fakultetida, 3 noyabr kuni arxitektura fakultetida institut va fakultetlar xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamda institut yoshlar bilan ishlash bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Ayol ma’naviyati - jamiyat muvozanati” mavzusida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 03-11-2018 | ko'rishlar soni: 3346
     
     
        
             
        
     
        2018 yil 2 noyabr kuni institutda “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.b. O‘.J.Xudayarov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi bosh imom xatibi o‘rinbosari Y.Mansurov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va 120 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 31-10-2018 | ko'rishlar soni: 1539
     
     
        
             
        
     
        Ma’lumki  sportning  futbol turi bo‘yicha  “Ittifoq kubogi”ga START berilgan edi.Birinchi o‘yinda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hamda Samarqand davlat universiteti jamoalari maydonga tushib Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti talabalaridan tashkil topgan jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozonib yarimfinal o‘yiniga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi!
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 31-10-2018 | ko'rishlar soni: 1735
     
     
        
             
        
     
        Ma’lumki 29-oktabr kuni  Zakovat intellektual o‘yininng mintaqaviy saralash o‘yinlariga START berildi. Mintaqaviy saralash bosqichida respublika bo‘ylab 4 ta mintaqa doirasida jamoalar o‘zaro kuch sinashadi.
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 30-10-2018 | ko'rishlar soni: 1395
     
     
        
             
        
     
        2018 yil 29 oktabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va qurilishni boshqarish fakulteti guruh murabbiylari ishtirokida “Muammolarni birgalikda hal etaylik” nomli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.b. O‘.J.Xudayarov, fakultet guruh murabbiylari kengashi raisi O.Bo‘ronov va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.H.Eshmurodovlar olib borishdi.
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 30-10-2018 | ko'rishlar soni: 1382
     
     
        
             
        
     
        Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori ostida davra suhbati va ijodiy ishlar tanlovi kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 795-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektorining 2018 yil 26 sentabrdagi 534-u-sonli buyrug‘i e’lon qilindi.
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 30-10-2018 | ko'rishlar soni: 1418
     
     
        
             
        
     
        2018 yil 22-27 oktabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 oktabrdagi 843-sonli buyrug‘i va buyruq ilovasidagi kalendar rejasiga muvofiq institutda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, shaxmat, shashka va yengil atletika: 100 m.ga yugurish, 1000 m.ga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha sport tadbirlari o‘tkazildi. 
     
     
         Batafsil o'qish 
     
  
 
     
     
         Yangiliklar | 26-10-2018 | ko'rishlar soni: 1648
     
     
        
             
        
     
        2018 yil 22-24 oktabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 oktabrdagi 843-son buyrug‘i va buyruq ilovasidagi kalendar rejasiga muvofiq institutda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, yengil atletika: 100 m.ga yuugurish, 1000 m.ga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Shu bilan birgalikda talabalar turar joyida ertalabki badan tarbiya mashqlari tashkil qilindi. 
     
     
         Batafsil o'qish