“Ona shahrim – Samarqandim”

2018 yil 18 oktyabr kuni institut faollar zalida 18-oktabr - “Samarqand kuni” munosabati  bilan muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti 301-“Xizmatlar sohasi” guruhi talabalari o‘rtasida “Ona shahrim – Samarqandim” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni “Kasb ta’limi” kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent A.Q.Raximov ochib berdi. Tadbirda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ziyotova va “Kasb ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Qarshubayevalar Samarqand shahri tarixi haqida nutq so‘zlashdi. 301-“Xizmatlar sohasi” guruhi talabalari qadimiy obidalar tarixi haqida videoroliklar namoyish etishdi va  Samarqand shahri ta’rifiga bag‘ishlab she’rlar aytishdi.