“Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi negizida talaba-yoshlarning ijtimoiy moslashuvchanligini (adabtatsiyasi) rivojlantirish” mavzusida tadbir
2018 yil 23 oktabr kuni institut faollar zalida qurilish fakultеtining 1 bosqich talaba-yoshlariga fakultetning ma’naviyat va ma’rifat Kengashi a’zolari va institut psixologi hamkorligida talabalarni institutda o’rnatilgan tartib-qoidalarga to’laqonli rioya qilishga qaratilgan va ta’lim jarayonidagi ijtimoiy adabtatsiyani mustahkamlash maqsadida “Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi negizida talaba-yoshlarning ijtimoiy moslashuvchanligini (adabtatsiyasi) rivojlantirish” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda dastlab ma’naviyat va ma’rifat Kengashi kotibi A.Ziyatova so’zga chiqib, fakultetning ma’naviyat va ma’rifat kengashining ish faoliyati, vazifalari, talabalar bilan ishlash jarayoni to’g’risida, bu kabi tadbirlarni o’tkazishdan ko’zlangan maqsadlar haqida talaba-yoshlarga aytib o’tdi.
So’ng so’zga institut ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o’rinbosari K.Ganiyev taklif etildi. Kengash raisi o’z so’zida institut talaba-yoshlarining odob axloqi, kiyinish madaniyatida milliy urf-odatlarimizga nechog’lik e’tibor berayotganligi haqida gapirib berdi va bu haqida bir necha misollar ham keltirib o’tdi. So’zining oxirida o’z tajribasidan kelib chiqqan holda yoshlarga nasihatlar berdi.
Shundan so’ng so’zga fakultet dekani A.Bayzakov taklif etildi. Dekan birinchi bosqich talabalarini institutda yaxshi ta’lim olishga, o’z yo’nalishi bo’yicha kerakli kadr bo’lib yetishishga yordam beradigan imkoniyatlar tog’risida ma’lumotlar berdi va talabalar tarafidan berilgan takliflarni eshitdi.Shundan so’ng so’zga institut psixologi S.Otayorov chiqdi. Psixolog o’z nutqida 1 bosqich talabalariga dastlab institutdagi psixologik xizmat turlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi va birinchi kurs talabalarida ko’p uchraydigan ta’lim jarayonidagi moslashuvchanlik (adaptatsiyasi) jaroyonini tezlashtirish, har xil obyektiv-subyektiv noqulayliklarni oldini olish yoki yo’qotish, yangi ijtimoiy muhitga moslashishga yordam beradigan avtogin mashqlar, ruhiy barqarorlikka erishishga yordam beradigan psixologik tavsiyalar berildi.Tadbir ochiq muloqot tarzida davom ettirildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob oldilar.