DIQQAT E’LON! #konferensiya


Hurmatli professor-o‘qituvchilar va qadrli ishtirokchilar!

Xabaringiz bor 2022 yilning 9-10 mart kunlari Fotih Sulton Mehmet Vakif Universiteti (Turkiya), Indoneziya Islom universiteti (Indoneziya), Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (O’zbekiston) va Sarayevo xalqaro universiteti (Bosniya va Gertsegovina) hamkorlikda "AN’ANADAN KELAJAK SARI" nomli yog’och materiallariga bag’ishlangan xalqaro onlayn konferentsiya o’tkazilishi rejalashtirilgan. 

Mazkur xalqaro onlayn konferentsiyaning dasturi va ZOOM orqali o‘tkaziladi. Ma'lumotlar ilovada taqdim etiladi.

Ushbu konferensiyada ma’ruza o’qishlari belgilangan ishtirokchilar ularga yuborilgan Webinar havolasi orqali tizimga kirishlari kerak. Ishtirokchilar o‘zlarining shaxsiy kompyuter ekranlarini namoyish (demonstratsiya) qilish orqali maqola taqdimotlari bo’yicha ma’ruza qilishlari mumkin.

Har bir sessiya uchun alohida ZOOM identifikatori yaratilganligi sababli konferensiyani kuzatib borish uchun ushbu identifikator raqamlariga e'tibor qaratish lozim.

Konferensiyani Fotih Sulton Mehmet Vakif Universitetining (FSMVU) quyidagi YouTube kanalida ham jonli efirda kuzatib borish imkoniyati mavjud. 
https://www.youtube.com/channel/UCe9gWyiD-mbtm5wkxJRXv3Q 

Batafsil ma'lumot shu yerda

Hurmat bilan, konferensiya qo'mitasi



SamDAQI Axborot xizmati