Yangiliklar | 07-12-2018 | ko'rishlar soni: 1271
2018-yil 5 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” professor o‘qituvchilari tomonidan institutning kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya - inson huquqlari va erkinliklari kafolati” mavzusida talabalar ilmiy-nazariy tadbir tashkil etildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 05-12-2018 | ko'rishlar soni: 1199
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligini ta’minlashning muhim sharti bo‘lgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 04-12-2018 | ko'rishlar soni: 1962
2018 yil 30 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 1 dekabr – “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand viloyati Narkologiya dispanseri vrachi G.M.Xalilova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.Xaitov, 150 nafar professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 04-12-2018 | ko'rishlar soni: 1310
Samarqand viloyat hokimligining 26.09.2018 kungi 07-07/268-sonli chora-tadbirlar rejasiga asosan, joriy yilning 29-sentabr kuni viloyat hokimi E.O.Turdimov ishtirokida Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘ida 195 nafar yosh arxitektor, dasturchi, dizayner, rassom, fermer, tadbirkor, hunarmand, sportchi hamda turizm yo‘nalishida ta’lim olayotgan va ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazilgan edi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 03-12-2018 | ko'rishlar soni: 1317
2018 yil 29 noyabr kuni qurilishni boshqarish fakultetida payshanba –“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”ga bag‘ishlab talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz – huquqbuzarlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini qurilishni boshqarish fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Eshmuradov ochib berib, davra suhbatining mavzusini va undan ko‘zlangan maqsadlar haqida gapirib o‘tdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 30-11-2018 | ko'rishlar soni: 1300
2018-yil 21 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining faollar zalida “ Binolar qurilishi va zilzilabardoshlikni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy usul va uslublar hamda innovatsion yondashuv” mavzusida ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, hamda Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Qurilish boshqarmalari, FVB, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, loyiha institutlari, Er resurslari va kadastr bo‘limlari, qurilish tashkilotlari, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniya ishtirok etishdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 30-11-2018 | ko'rishlar soni: 1287
“Jahon chempioni” – bu so‘z tom ma’noda xar bir millatning dunyo miqyosida dovrug‘ini ko‘taradigan, Mamlakatning jaxondagi o‘rni va obro‘si demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning “Biz xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz” – deb ta’kidlagani bejizga emas albatta.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 29-11-2018 | ko'rishlar soni: 1182
2018 yilning 28 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura- qurilish institutining kichik majlislar zalida “Iqtidorli talabalar - kelajakda ilm fanning egalaridur” mavzusida institutning fakultet dekan o‘rinbosarlari bilan institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.X. Isakov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 28-11-2018 | ko'rishlar soni: 1195
Joriy yilning 26 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura- qurilish institutida O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 iyuldagi 642-sonli buyrug‘i asosida “Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish jarayonlari, oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura) yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash ularning iqtidori, ilmiy va intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish masalasi” mavzusida institut talaba-yoshlari hamda yosh o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Batafsil o'qish
Yangiliklar | 22-11-2018 | ko'rishlar soni: 1300
2018 yil 21 noyabr kuni Qurilish fakulteti dekanati, fakultet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda fakultet Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Sog‘lik – eng katta boylik” va “Qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
Batafsil o'qish