Sirtqi ta’limda o‘quv jarayoni tashkil etildi
2018-yil 16 oktyabr kuni Samarqand davlat arxitektura – qurilish institutning kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limini tashkil etish tartibi to‘g‘risida “gi qarori ijrosini ta’minlash hamda sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etish maqsadida o‘quv amaliy semenar tashkil qilindi. Seminarda o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i M.Xodjabekov, sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘lim boshlig‘i H.Yusupov va professor-o‘qituvchilar hamda o‘qishga qabul qilingan talabalar ishtirok etishdi. Talabalarga sirtqi ta’lim uchun 2018-2019 o‘quv yili boshida bevosita institutda 10 kunlik o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazilishi, o‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi ta’limda mustaqil, jumladan, masofadan turib ham ta’lim olish shakli amalga oshirilishi haqida ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari talaba metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi. SHuningdek talaba fan bo‘yicha topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oralik ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, onlayn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin.
Sirtqi ta’limda ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi kafedralar professor-o'qituvchilari masofadan turib o'qitishda o'quv materilari, topshiriqlari va maslahat-konsultativ ishlarni institut saytidagi “Sirtqi ta’lim” sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi.