Ichki nazorat va monitoring

       

  Bo‘lim boshlig‘i:Yasakov Zikrilla Xayrullayevich 

  Telefon: (8 366) 237-36-25, +99899 310 03 22

   Elektron manzili: zikrillo87@mail.ru

 

 

 


 

 

Ichki nazorat va monitoring bo‘limi haqida
    Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar va uslubiy ko‘rsatmalarning ijro etilishi, shuningdek, institut bo‘yicha buyruqlar va qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim ichki inspeksiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Nizom, institut Ustavi va bo‘lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘lim institutda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, agentlik va institut bo‘yicha buyruqlarning hamda ta’lim sohasidagi me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita  institut rektoriga bo‘ysunadi.
    Ichki nazorat va monitoring bo‘limining asosiy vazifalari:
 - institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Hay’at qarori, buyruqlari va boshqa xujjatlarni, shuningdek institut ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish;
- institut professor-o‘qituvchilar va o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspeksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish;
- kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
- institutda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo‘yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;
- institutni boshqarish organlariga ta’lim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar hamda takliflar tayyorlash;
- institut bo‘yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;
- institut va uning filiallarida o‘quv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;    
- Professor - o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;
- kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish hamda hal qilish bo‘yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish;
- Institut va unga tegishli ta’lim muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
- institutda va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
- o‘quv yurti faoliyati bo‘yicha filiallar, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli xujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
- kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish;
- o‘z huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda institutning malakaviy professor-o‘qituvchilari va xodimlarini jalb qilgan holda ishchi guruhlari tuzish.