institutga qabul

Ushbu interaktiv xizmat orqali foydalanuvchilar quyidagi ma’lumotlar institutga o’qishga kirishda topshiriladigan xujjatlar ro’yxati, qabul komissiyasi telefon raqamlari, mutaxassisliklar va ta’lim yo’nalishlari bo’yicha qabul kvotalari, mutaxassisliklar va ta’lim yo’nalishlari bo’yicha imtixon olinadigan fanlar, magistraturaga kirish uchun o’tkaziladigan imtixon savollari va o’tkaziladigan vaqti hamda magistraturaga kirish imtixoni natijalari haqidagi ma’lumotlar berilgan.

         Interaktiv xizmatni ko’rsatish muddati: internet tezligi 1024 Kb/s bo’lganda, har bir yo’nalish haqida kerakli ma’lumotni olish uchun taxminan 30 soniya vaqt sarflanadi.
Ushbu interaktiv xizmat orqali siz qabul jarayoni haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Savol yo'llash

"Institutga qabul" interaktiv xizmati reglamenti

Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Bunda, abituriyentlarga:
test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;
ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.


DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA 2022 yil 15 iyun №PQ-279 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori


2022/2023 o‘quv yili uchun samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qabul komissiyasi tarkibi

Кўрсаткичлар

Қабул комиссияси раиси

Қабул комиссияси раиси ўринбосари

Қабул комиссияси масъул котиби

Ф.И.Ш.

Чидем Жамбай Туркйилмаз

Буриев Хаким Ташимович

Норқулов Баҳодир Мусулманович

Лавозими

Институт ректори

Ўқув ишлари бўйича проректор

Муҳандислик коммуникациялари қурилиши факультети декани

Хизмат телефони рақами

+99866-237-15-93

+99866-237-34-79

+99866-237-44-35

Электрон почтаси

c.c.turkyilmaz@samdaqi.edu.uz

x.buriyev@samdaqi.edu.uz

samdaqiqabul@samdaqi.edu.uz

 

 

 


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi “2022/2023 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida”gi F-60 sonli farmoyishiga asosan

2022-2023 o'quv yilida M. Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti bakalavr bo'yicha davlat buyurtmasi asosida o'qishga qabul qilish parametrlarining mutaxasisliklar va o'qitish tillari bo'yicha 

2022-2023 o'quv yilida M. Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti sirtqi bo'yicha davlat buyurtmasi asosida o'qishga qabul qilish parametrlarining mutaxasisliklar va o'qitish tillari bo'yicha

2022-2023 o'quv yilida M. Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti magistratura bo'yicha davlat buyurtmasi asosida o'qishga qabul qilish parametrlarining mutaxasisliklar va o'qitish tillari bo'yicha 


 

Tanlov ustuvorligini belgilash

Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❕ Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Tanlov usutvorligini belgilash

Yuqoridagi postda tanlov ustuvorligini belgilash bo‘yicha ma’lumot va uning ishlash sxemasi berilgan edi (https://t.me/dtmuzb/4930). Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.

✅ Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!



 

Talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha 

«Perevod» bo‘yicha kengroq tushuntirish
Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya’ni rasmiy kuchga ega. 
1. Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).
- Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.
2. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish
Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
3. O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish
Bunda ham o‘tgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:
1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;
2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;
3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik "super-kontrakt" to‘lab ko‘chirishi mumkin.
4. Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.
5. Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.
6. Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish
Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi, baholash mezoni va fan majmualari  


Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti


Kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to’lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti


Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti


Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti


Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti


O‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun onlayn ariza topshirish axborot tizimi


O'qishni ko'chirish (xorijdan)


Abituriyentlarga eslatma


Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma
https://www.youtube.com/watch?v=zaSXZDFte00