“Sharq gavhari – Samarqand!”

2018 yil 18 oktabr kuni 2-son talabalar turar joyida “Sharq  gavhari – Samarqand!”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi  M.Boboqulova ochib berdi va 18-oktabr - “Samarqand kuni” munosabati bilan barchani samimiy tabrikladi. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ziyotova Samarqand shahrining dunyo tamaddunida tutgan o‘rnini talabalar tomonidan e’tirof etish maqsadida tadbirni bellashuv ko‘rinishida tashkil qildi.
Talabalar turar joyi talabalari 3 guruh, ya’ni 1-guruh “Afrosiyob” guruhi,  2-guruh “Samarqand sayqali”,  3-guruh “Temuriylar”  guruhlaridan iborat jamoalarga bo‘lindi.Bellashuvda “Samarqand shahri kuni” mavzusiga oid tezkor savollar berib borildi. 1-shart tanishuv sharti bo‘ldi va shart asosida berilgan tezkor savollar tadbirning ekspert a’zolari tomonidan belgilab, yig‘ilgan ballar hisoblanib e’lon qilindi. 2-shartda guruhlar Samarqand kuniga atalgan she’rlar bilan bellashdi va 2 shart bo’yicha to’plangan ballar e’lon qilindi. 3-shartda esa talabalar Samarqand kuniga atalgan qo‘shiqlar bilan bilan bellashdi va umumiy  ballar e’lon  qilindi. Natijada  “Afrosiyob”  guruhi  31 ball, “Samarqand sayqali” guruhi 30 ball, “Temuriylar” guruhi 29  ballni qo‘lga kiritdi va tadbir “Afrosiyob”  guruhining g‘olibligi bilan yakun topdi.Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.