Qurilish fakulteti

“Qurilish” fakulteti 1966 yilda institutda tashkil etilgan birinchi fakultet hisoblanadi.Fakultetda 1966-1967 yillarda professor R.A. Ibadullin, 1967-1969 yillarda  dotsent B.K.Karimov, 1970 yillarda dotsent A.S.Tyan, 1970-1980 yillarda dotsent T.A. Aslanqulov, 1980 yillarda  dotsent S.N. Muminov, 1980-1984 yillarda dotsent I.I. SHirov, 1985-1986 yillarda dotsent A.A. Raxmonov, 1986-1987 yillarda professor R.I. Xolmurodov, 1988-1998 yillarda dotsent M.M. Xonkeldiev, 1988-2013 yillarda dotsent M.M. YAkubov, 2013-2016 yillarda dotsent B.I.Saidmuratov, 2016 yillarda dotsent A.T. Qo‘ldashev dekan lavozimida ishlaganlar. 2016 yildan hozirga qadar dotsent A.A.Bayzakov fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda.Fakultetda   6  nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodlari “Ustoz-shogird” ana’nalarini davom ettirgan holda, ilmiy salohiyatlarini namoyon qilib, talaba-yoshlarga o‘zlarining bilim va tajribalarini berib kelmoqdalar.Fakultetning 2 ta o‘quv binosi bo‘lib,  8 ta ilmiy laboratoriya xonalari hamda o‘quv- xonalari zamon talablariga javob beradigan, zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlarini o‘tishga qulay hisoblanadi. 
«Qurilish» fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (talim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soxa korxonalari hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy ravish hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Fakultetning barcha talabalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi hisoblanib, fakultet yoshlar Kengashi a’zolari turli xil to‘garaklar, uyushmalarga, jamoat tadbirlari, institut tadbirlarida muntazam qatnashib, o‘zlarining tashkilotchilik qobiliyatlarini ko‘rsatib, chinakam yurt fidoiysi ekanligini namoyon qilib kelishmoqda.Fakultet talaba-yoshlari sportning Milliy kurash, Karate, Boks, Taekvondo, futbol, stol tennisi, valebol, gambol turlari bo‘yicha muntazam shug‘ullanib, 2 nafar Jahon chempioni, 3 nafar Osiyo chempioni, 16 nafar O‘zbekiston chempioni va ko‘plab viloyat va maxalliy chempionlar etishib chiqqan. Talabalar fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilgan turli xil sport musobaqalarida, “Zakovat” intellektual o‘yinida”, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovida, “Talabalar bahori” festivalida doim yuqori o‘rinlarni qo‘lga qiritib kelishmoqda.“Qurilish” fakulteti O‘zbekistonda jadal isloxotlar sura’atiga mos etuk malakali kadr etishtirib beradigan, o‘zining qat’iy pozitsiyasiga ega, o‘ziga xos bilim dargohi hisoblanadi.

   Fakultet ma'muriyati

   
   
Fakultet dekani 

   t.f.n. dotsent Madatov Abdiraxim

   Qabul kunlari: Dushanba Chorshanba Juma 15-00 dan 17-00 gacha 

   Telefon: (0366)-237-13-14

   E-mail: 

  

 

 

 

   Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari 

   Kamolov Axmadjon Abdumalikovich

    Qabul kunlari: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha

    Telefon: (0366)-237-13-14

    E-mail: kamolov@umail.uz   

 

 

 

   Dekan o'rinbosari 

   Rasulov Bekzod Boymurodovich

   Qabul kunlari: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha

   Telefon: (0366)-237-13-14

   E-mail: bekzodrasulovsamarkand@mail.ru   

 
 
 
 

 

   Dekan o'rinbosari  

   Amanov SirojiddinSaydullayevich

   Qabul kunlari: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha 

   Telefon: (0366)-237-13-14

   E-mail: amanovsirojiddin@mail.ru

 

 

 


   Dekan o'rinbosari 

   Omonov Maxmud Baxtiyorovich

   Qabul kunlari: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha

   Telefon: (0366)-237-13-14

   E-mail: omonovmaxmud@mail.ru   

 

 

 

Fakultet tasarrufidagi kafedralar:

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

  • Bino va inshootlar qurilishi (Sanoat va fuqaro binolari)
  • Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
  • Avtomobil yo‘llari va aerodromlar
  • Kasbiy ta’lim (bino va inshootlar qurilishi)
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)
  • Yo‘l muxandisligi

Quyidagi mutaxassislik bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:

  • Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turlari bo‘yicha)
  • Qurilish konstruksiyalarini loyihalash
  • Qurilish materiallari,buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish