Xorijlik talabalr qabuli




BAKALAVR DASTURLARI (YO‘NALISHLARI)

(BA, 4 yil)
 

5150900-Dizayn

5311500-Geodeziya

5340100-Arxitektura

5340200-Bino va inshootlar qurilishi

5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish

-Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi va montaji (issiqlik-gaz ta'minoti va ventilatsiya)

5340400-Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo'yicha)

-Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi va montaji (suv ta'minoti va oqova suvlarni oqizish)

5341200-Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiya

MAGISTRATURA DASTURLARI (YO‘NALISHLARI)
(MA, 2 yil)
 

5A150901-Dizayn (arxitektura muhitlari dizayni) 

5A311502-Geodeziya va kartografiya (amaliy geodeziya)

5A340101-Bino va inshootlar arxitekturasi

5A340102-Arxitektura nazaryasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash

5A340103-Shaharsozlik va qishloq aholi yashash joylarini kompleks qurish

5A340104-Landshaft arxitekturasi

5A340201-Bino va inshootlar qurilishi (energiya samarali binolar)

5A340202-Qurilishni tashkil etish texnologiyasi (bino va inshootlar)

5A340204-Qurilish konstruktsiyalarini loyihalash

5A340302-Shahar transport xo'jaligi va aloqa yo'llari

 5A340401-Suv ta'minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish

5A340403-Issiqlik-gaz ta'minoti, ventilatsiya, havoni mo'tadillash va havo havzasini muhofaza qilish 


Bakalavriat va magistraturaning barcha dasturlari (yo‘nalishlari) uchun 2020-2021-o‘quv yili uchun – 1,500.00 AQSH dollari.
To‘lov quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
O‘qish.

  1. Talabalar kampusida yashash (Batafsil: https://alpha.samdaqi.edu.uz/xorijiy-talaba/)
  2. Internet (SamDАQI hududlarida).
  3. Institut kutubxonasidan foydalanish.
  4. Talabalar qabuli uchun (http://admission.samgasi.uz/)
    !!! USHBU TO‘LOV TIBBIY SUG‘URTA VA VIZA TO‘LOVLARINI O‘Z ICHIGA OLMAYDI.

    XORIJLIK TALABALAR (ABITURIENTLAR) SUHBAT ASOSIDA QABUL QILINADI
    Suhbat 2-25 avgust oralig‘ida o‘tkaziladi
    Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar bilan o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.
    !!! COVID-19 epidemik vaziyat tufayli barcha darslar vaqtincha https://moodle.samgasi.uz/ platformasi orqali masofadan amalga oshiriladi.

VIZA

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan xorijlik talabalar uchun O‘zbekistonga kirish vizasi uchun SamDAQI tomonidan viza talabnomasi bilan yordam beriladi.

GRAFIK

Ariza topshirish muddati – 25 avgustgacha
O‘quv yilining boshlanishi – 2 sentabr
Qishki ta’til 15 kun (taxminan 25-dekabrdan 10-yanvargacha)
O‘quv yili har yili iyun oxirida yakunlanadi
QANDAY ARIZA TOPSHIRILADI?
Zaruriy hujjatlar:

  1. Ariza blanki. (yuklab olish)
  2. Milliy va xorijga chiqish pasporti nusxasi.
  3. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat nusxasi: (attestat yoki diplom) !!! Magistratura dasturiga hujjat topshirish uchun bakalavr darajasi diplomi talab etiladi, bakalavriat dasturlariga (darajasiga) hujjat topshirish uchun esa o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim darajasi talab etiladi.
    To‘ldirilgan ariza blanki va boshqa zaruriy hujjatlar har yili 25 avgustga qadar ssifl_info@edu.uz manziliga yuborilishi lozim.

    Batafsil ma’lumot uchun:
    ILYOSOV FARRUX
    SamDAQI Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i 
    Tel.: +998662370532; Mob.: +998993379905
    E-mail:  info@samgasi.uz; samdaqi.xab@gmail.com