SPORT HAFTALIGI

2018 yil 22-27 oktabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 oktabrdagi 843-sonli buyrug‘i va buyruq ilovasidagi kalendar rejasiga muvofiq institutda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, shaxmat, shashka va yengil atletika: 100 m.ga yugurish, 1000 m.ga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha sport tadbirlari o‘tkazildi. Shu bilan birgalikda talabalar turar joyida ertalabki badan tarbiya mashqlari tashkil qilindi. Musobaqa va tadbirlarga qurilish, qurilishni boshqarish, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va arxitektura fakultetlaridan  jami bo‘lib 500 ga yaqin talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar ishtirok etishdi.