“Ayol ma’naviyati - jamiyat muvozanati”
2018 yil 30 oktabr kuni qurilish fakultetida, 3 noyabr kuni arxitektura fakultetida institut va fakultetlar xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamda institut yoshlar bilan ishlash bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Ayol ma’naviyati - jamiyat muvozanati” mavzusida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarda institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.N.Boboqulova, qurilish fakulteti dekani A.Bayzakov, arxitektura fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Jamolov, qurilish fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi N.Xodiyeva, arxitektura fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi G.Djurayevalar so‘zga chiqib, ayol ma’naviyatining jamiyatda tutgan o‘rni, har-bir ayolning jamiyatdagi burchini bajarishi lozimligi, milliy ma’naviyatimizning go‘zalligi va aksincha yot holatlarning: qizlarning may ichishi, tamaki chekishi, behayo kiyinishi, nutqidagi xunuk so‘zlar shunchaki taqlid bo‘lmay, balki, odatga aylanishi mumkinligi, inson ijtimoiy hodisa bo‘lganligi tufayli buning boshqalarga ham tarqalishi jamiyatimizga, milliyligimizga putur yetishi, ya’ni jamiyatdagi muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkinligi haqida tushunchalar berdi.
Tadbirlar davra suhbati tarzida o‘tkazildi. Tadbirlarda talaba-qizlar faol qatnashib, ayol ma’naviyati xususidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.Tadbirlarda qurilish fakultetining mahoratli talaba-qizlari bajargan ijodiy ishlar ham namoyish qilindi.Tadbirlar ko‘tarinki kayfiyat va yuqori saviyada o‘tkazildi.