“Ruhiy hotirjamlikga erishish va diqqatli bo’lish” mavzusida seminar-trening
2018 yil 3 noyabr kuni qurilishni boshqarish fakulteti “Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” yo‘nalishi talabalariga institut psixologi guruh murabbiyi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarni har xil ruhiy bosimlarni yengib o’tishi va buning uchun e’tiborni nimalarga qaratishni o’rgatish maqsadida “Ruhiy xotirjamlikka erishish va diqqatli bo’lish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
Ayrim shaxslarning ruhiy bosimlarga uchrashi, buning oqibatida stress, agressiya, depressiya shu kabi psixologik holatlarga tushib qolishiga sabab ular o‘z hayotidan to‘la-to‘kis mamnun emasligida va nolishiga borib tarqaladi. Agar shaxslar jamiyatda tutib turgan o‘rnidan va o‘z hayotidan mamnun bo‘lishni boshlasa, o’zi yashayotgan hayotining har bir kunini bir qadar go’zallashtirishga urinishni boshlasa, o’zida xotirjamlik hissini tuyadi. O’z hayotidagi ma’no-mazmunni to’laqonli anglab yeta boshlaydi.
Albatta, shaxslarni maqsadiga erishishiga, jamiyatda qanday rolni bajarishiga yordam beradigan yaqin kishilarning (do’st, suhbatdosh, maslakdosh va boshqalar) ta’siri bor. Ular bizlarni yaxshi yoki yomon ishni bajarishimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, bizlar ham atrofimizdagilarga shunday ta’sir qilamiz. Shuning uchun har birimiz atrofimizda yig’ilgan insonlarga diqqatli bo’lib, e’tibor berishimiz kerak. Balki, hayotdagi eng katta e’tibor beradigan ishimiz ham shudir!Psixolog shu mavzu yuzasidan seminar-trening o’tkazdi va talabalarga psixologik tavsiyalar berib o‘tdi.