G’ALABA MUBORAK!

Ma’lumki 29-oktabr kuni  Zakovat intellektual o‘yininng mintaqaviy saralash o‘yinlariga START berildi. Mintaqaviy saralash bosqichida respublika bo‘ylab 4 ta mintaqa doirasida jamoalar o‘zaro kuch sinashadi.
1-mintaqa–Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax viloyatlari jamoalari.
2-mintaqa–Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari jamoalari.
3-mintaqa – Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari jamoalari.
4-mintaqa – Toshkent shahri, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari jamoalari.
Birinchi o‘yin Samarqand shahrida bo‘lib o‘tib unda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida hamda Jizzax viloyatida  joylashgan oliy ta’lim muassasalari  talabalaridan tashkil topgan 18 ta (18ta OTM) jamoa ishtirok etdi.
O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti boshlang’ich  tashkiloti faollari  jamoasi 1-turda 8 ball, 2-turda 4 ball, 3-turda 4 ball umumiy hisobda 16 ballni qo‘lga kiritdi.
“Talabalar kubogi-2018”ning Samarqand shahridagi mintaqaviy saralash turnirida quyidagi jamoalar g‘oliblikni va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
1-o‘rin: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
2-o‘rin: Samarqand veterenariya meditsina instituti
3-o‘rin: Samarqand davlat universiteti
Respublika bosqichida chempion bo‘lgan jamoaning barcha 7 nafar talabasi Italiyaning Turin shahrida bo‘ladigan 1 haftalik o‘quv seminari uchun bepul yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Shuningdek, respublikada chempion bo‘lgan OTM jamoasi “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvining ekran orqali bo‘lib o‘tadigan Oliy liga o‘yinlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadi.
Endi Respunblikada g‘oliblik uchun mintaqa g‘oliblari bilan 16-noyabrda bo‘lib o‘tadigan o‘yinda SamDAQI jamoasiga  omad tilab qolamiz!