Futbol bo'yicha Yoshlar ittifoqi kubogi

Ma’lumki  sportning  futbol turi bo‘yicha  “Ittifoq kubogi”ga START berilgan edi.Birinchi o‘yinda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hamda Samarqand davlat universiteti jamoalari maydonga tushib Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti talabalaridan tashkil topgan jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozonib yarimfinal o‘yiniga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi!
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoalari final o‘yiniga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun futbol maydonida  qizg’in  kurash olib borishdi.O‘yin Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi   g’alabasi bilan  yakunlandi.Samarqand iqtisodiyot va servis jamoasi hamda Samarqand davlat chet tillari institituti Ittifoq kubogi uchun maydonga tushib, 5:2 hisobda SamISI jamoasi g‘alaba qozondi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi bu gal 3-o‘rinni egalladi.