Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkil qilingan xayriya tadbiri

Joriy yilning 3 noyabr kuni SamDAQI “Arxitektura nazariyasi va tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi, 202-“QHALTE” guruhi murabbiyi E.E.Jurayeva guruh talabalari va fakultet yoshlar ittifoqi yetakchilari bilan birgalikda shahrimizdagi 10-mehribonlik uyiga tashrif buyurib, mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolajonlarga qiziqarli o‘yinlar tashkil qildi, guruhning faol talabalari tomonidan turli-xil topishmoqlar va savollar berildi. Bolajonlar berilgan topishmoq va savollarga to‘g‘ri, aniq javob berishdi va bolajonlar faol ishtiroki uchun sovg‘alar bilan taqdirlandi.Tadbir so‘nggida guruh tomonidan tashkillashtirilgan maktab o‘quv qurollari, turli xil ertak kitoblar va sovg‘alar taqdim etildi. Bu uchrashuvdan mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi bolajonlar benihoyat xursand bo‘lishdi. Qolaversa, bolalar yuzlaridagi tabassum, ularning xursandchiligi va qalblari mehrga tashnaligidan talabalar ta’sirlandi va bunday tadbirlarni, tashriflarni tez-tez tashkil qilib turish kerakligini ta’kidlab o‘tishdi. Mehribonlik uyi xodimlari bu tashrifdan xursand bo‘lishdi hamda o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.Tashrif so‘nggida mehribonlik uyi direktori Yusupov Orif Isakovich tashrif buyurganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda faol talabalarga tashakkurnomalar taqdim etildi.