“Muammolarni birgalikda hal etaylik” nomli uchrashuv

2018 yil 29 oktabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va qurilishni boshqarish fakulteti guruh murabbiylari ishtirokida “Muammolarni birgalikda hal etaylik” nomli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.b. O‘.J.Xudayarov, fakultet guruh murabbiylari kengashi raisi O.Bo‘ronov va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.H.Eshmurodovlar olib borishdi.Tadbirni fakultet guruh murabbiylari kengashi raisi O.Bo‘ronov kirish so‘zi bilan ochib berib, davra suhbatining mavzusini va undan ko‘zlangan maqsadlar haqida gapirib o‘tdi.So‘ngra yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor v.b. O‘.J.Xudayarov so‘zga chiqib, ayrim guruh murabbiylarining o‘z ishlariga ma’suliyatsizlik bilan yondoshayotganliklari, guruh talabalari bilan kerakli darajada ishlar olib bormayotganliklari, hatto, har hafta juma kuni ikkinchi juftlikda o‘tilishi lozim bo‘lgan “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlariga ham loqaydlik bilan qarayotganliklarini qattiq tanqid ostiga olib, ularga tegishli intizomiy jazo choralari belgilash kerakligini aytib o‘tdi.Bundan tashqari, tadbirda talabalar tomonidan institutning “Odob-axloq qoidalari”ga rioya qilmayotgan talabalariga tushuntirish ishlarini faol olib borish kerakligi ta’kidlanib, bunday talabalar fakultetda mavjudligi ham aytib o‘tildi. Tartib-intizomga va institutning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmagan talabalrning ota-onalariga holat haqida ma’lumotlar yuborish, zarurat bo‘lganda ularning ota-onalari bilan uchrashib, vaziyatni tushuntirish va ogohlantirish vazifa etib belgilandi. Yana fakultet talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tgazishlariga har bir guruh murabbiyi mas’ul ekanligi hamda talabalarga bu jarayonda ko‘mak berish, ularni fan va sport to‘garaklariga jalb etish, shahrimizning ko‘zga ko‘ringan joylariga, kino va teatrlarga, ziyoratgohlarga darsdan tashqari vaqtlarda borishlarini tashkil qilish, bu orqali esa ularning ma’naviy ozuqa olishlariga, yurtimiz tarixini o‘rganishlariga ko‘maklashish zarurligi ham aytib o‘tildi.Shundan so‘ng, 401-“Menejment” ta’lim yo‘nalishi guruh murabbiyi Y.Suyunova so‘zga chiqib, talabalarni kiyinish madaniyatiga va institut hududida o‘zlarini tutish odoblarini ham o‘rgatish zarurligini aytib, yoshlar bilan ishlash prorektori fikrlarini qo‘llab qo‘vvatladi.