“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori ostida davra suhbati va ijodiy ishlar tanlovi kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 795-sonli buyrug‘iga asosan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektorining 2018 yil 26 sentabrdagi 534-u-sonli buyrug‘i e’lon qilindi.
Buyruqqa muvofiq “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi maqolalar tanlovi Nizom asosida birinchi bosqichini institut fakultetlari akademik guruhlari talabalari o‘rtasida joriy yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida, tanlovning ikkinchi bosqichini institut miqyosida fakultetlararo ularning g‘oliblari o‘rtasida oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkazildi.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilgan ijodiy maqolalar ichida mazmunan boyligi, asosli dalillar asosida, imlo xatolarsiz yozilganligi, adabiyotlardan va hayotiy misollardan to‘g‘ri foydalanganligi hisobga olinib, qurilish fakultetining 101- “Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” guruhi talabasi Rayimova Sitoraning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ziyotova ilmiy rahbarligida tayyorlagan ijodiy maqolasi 1-o‘ringa, shu fakultetning 104- “Bino va inshootlar qurilishi” guruhi talabasi Farhodov Otabek Farhod o‘g‘lining ijodiy maqolasi 2-o‘ringa loyiq deb topildi.
Ijodiy maqolalar tanlovida ishtirok etgan 18 nafar talaba tashkiliy qo’mita tomonidan ma’naviy rag‘batlantirildi. Tashkiliy qo‘mitaning baholash xulosasiga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan, 1-2-o‘ringa loyiq topilgan ijodiy maqolalar Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.