SPORT MUSOBAQALARI

2018 yil 22-24 oktabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 oktabrdagi 843-son buyrug‘i va buyruq ilovasidagi kalendar rejasiga muvofiq institutda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, yengil atletika: 100 m.ga yuugurish, 1000 m.ga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Shu bilan birgalikda talabalar turar joyida ertalabki badan tarbiya mashqlari tashkil qilindi. Musobaqa va tadbirlarga qurilish, qurilishni boshqarish, muhandislik komunikatsiyalari qurilishi va arxitektura fakultetlaridan jami bo‘lib 270 ga yaqin talalaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar jumladan 200 nafar yigitlar, 30 nafar qizlar, 40 nafar professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar ishtirok etishdi.Talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan sportning futbol, voleybol, basketbol, 100 m.ga yugurish, 1000 m.ga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash turlari bo‘yicha musobaqalar yakuniga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

Futbol:

I   o‘rin - qurilish fakulteti;
II  o‘rin - muhandislik komunikatsiyalari qurilishi fakulteti;
III o‘rin - arxitektura fakulteti. 

 

Basketbol:

I   o‘rin - muhandislik komunikatsiyalari qurilishi fakulteti;
II  o‘rin - qurilish fakulteti;
III o‘rin - qurilishni boshkarish fakulteti.

Voleybol:

I    o‘rin - arxitektura fakulteti;
II  o‘rin - qurilish fakulteti;
III o‘rin - qurilishni boshqarish fakulteti.

Umumjamoa hisobida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o‘rtasida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi.
Voleybol:
I   o‘rin - qurilish fakulteti;
II  o‘rin – “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi;
III o‘rin - qurilishni boshqarish fakulteti.

 

100 m.ga yuugurish:

I    o‘rin - muhandislik komunikatsiyalari qurilishi fakulteti;
II  o‘rin - qurilish fakulteti;
III o‘rin - qurilishni boshqarish fakulteti.

1000 m.ga yugurish:

I   o‘rin - arxitektura fakulteti;
II  o‘rin - qurilish fakulteti;
III o‘rin - qurilishni boshqarish fakulteti.

 

 Yugurib kelib uzunlikka sakrash:

I    o‘rin - qurilish fakulteti;
II  o‘rin - arxitektura fakulteti;
III o‘rin - qurilishni boshqarish fakulteti.