HAMKORLIKNING YANGI QIRRALARI

2018-yil 10 noyabr kuni Italiyaning Neapol shahridagi “Luidji Vanvitelli”  universitetining professorlari Serxio Sibasio va Luidji Maffeylar Samarqand davlat arxitektura qurilish institutiga  “Zamonaviy arxitektura-qurilish va dizayn” masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadida   tashrif buyurishdi.
Dastlab institut rektori S.I.Axmedov bilan xorijlik professorlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda kelgusida ikki tomonlama  aloqalarni o‘rnatish, ilmiy anjumanlar, seminarlar, master klasslar tashkil etish, professor o‘qituvchilarning malakasini oshirish  borasida kelishib olindi.
Shundan so‘ng Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining faollar zalida O‘zbekiston-Italiya tajriba almashish seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Seminarda institut prorektorlari, barcha fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va arxitektura fakultetining dizayn yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi. “Luidji Vanvitelli”  universitetining professorlari Luidji Maffey va  Serxio Sibilio hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professori Uralov Aktam Sindarovich seminar ishtirokchilariga mahorat darsi o‘tib berdi.Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tashabbusi asosida  xorijlik professor o‘qituvchilarning institutimizga tashrif buyurishi, mahorat darslarining tashkil etilishi ta’lim samaradorligiga kuchli ta’sir etadi va talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalari rivojlanishiga olib keladi.