Xotin-qizlar va diniy e’tiqod
2018 yil 5 noyabr kuni talaba-qizlarni g‘oyaviy tahdid va diniy ekstremizmning zararli ta’sirlaridan himoya qilish va ularni o‘z shaxsiy hayotlari, diniy e’tiqodlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida institut talaba-qizlari bilan faollar zalida “Xotin-qizlar va diniy e’tiqod” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda institut yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i T.Egamov talaba-qizlarga e’tiqod vijdon erkinligi tamoyillariga asoslanishi, u insonning axloqiy-ma’naviy fazilatlarining asosiy qadriyati ekanligi, insonning xohlagan diniga e’tiqod qilishi uning huquqi ekanligi, va buni asos qilib olib dinning asl g‘oyalarini buzib talqin qiluvchi o‘z manfaatiga, ya’ni hukmronlik qilish kabi terroristik nosog‘lom g‘oyalarini singdirishga harakat qiladiganlarga qarshi tura oladigan e’tiqod egasi bo‘lish lozimligi haqida tushunchalar berdi.Tadbirda M.Boboqulova dinning g‘oyalarini, diniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni buzib talqin etish va majburan shaxs ongiga singdirilishiga yo‘l qo‘ymaydigan, diniy e’tiqodi mustahkam bo‘lishi lozimligi, bu fazilat esa insonning jamiyatda ijobiy o‘rnini belgilovchi mezon ekanligi haqidagi fikrlarni bildirdi.Tadbirda talaba-qizlar o‘zlarining diniy e’tiqod haqidagi fikrlarini bayon qildilar.