102-MKQ guruhi talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv

2018  yil 17 noyabr kuni muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti 102-MKQ guruhi talabalarining ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda guruh murabbiyi F.Axmedova, fakultet dekani o‘rinbosari E.Xaydarov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Saidov, MKQ fakulteti murrabiylar kengashi raisi Sh.Usmonov, guruh talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.Uchrashuvni fakultet murrabiylar kengashi raisi Sh.Usmonov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng guruh murrabiyi F.Axmedova so‘zga chiqib, talabalarning o‘qishi, kiyinish madaniyati, fanlarni o‘zlashtirishi va ularning davomatlari to‘g‘risida gapirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 14-son buyrug‘i bilan tanishtirib o‘tdi.Bundan tashqari, guruhda har jihatdan faol bo‘lgan talabalarining ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi.Uchrashuv so‘nggida barcha ota-onalarga tashrif buyurganligi uchun minnatdorchilik bildirib, o‘z so‘zini yakunadi.