NAVBATDAGI ILMIY KENGASH BO’LIB O’TDI

2018-yil 15-noyabrda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni   Ilmiy kengash raisi, institut rektori S.I.Axmedov   ochib berdi.  Ilmiy kengash boshlanishi oldidan   “Qurilishda menejment” kafedrasining professori vazifasini bajaruvchi Abdimajit Suyunovga  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2018 yil 30 oktyabr 257/1 sonli qaroriga asosan “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga tasdiqlanishi munosabati bilan professorlik  attestati  topshirildi. Bundan tashqari  “Kuchmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish” kafedrasining professori K.B.G‘aniev rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan 5A340901 – Ko’chmas mulkni baholash mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan  “Otsenka imushestva” nomli darsligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgust 744 sonli buyrug‘iga asosan 744-030 raqamli nashr ruxsatnomasi, “Qurilishda menejment” kafedrasining dotsentlari U.Muhammadiev, H.Bo’riev va M. Yuzboevalar tomonidan 5320200 – Menejment (Qurilish) ta’lim yo’nalishi talabalari uchun  mo‘ljallangan  “Menejment savol va javoblarda” nomli o‘quv qo‘llanma   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgust 744 sonli buyrug‘iga asosan 744-001 raqamli nashr ruxsatnomasi, “Qurilishda menejment” kafedrasining dotsenti U.Muhammadiev, professor A.N.Jabriev, H.Bo’riev va M.Yuzboevalar tomonidan 5320200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishi talabalari uchun  mo‘ljallangan  “Menejment” nomli o‘quv qo’llanma   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgust 744 sonli buyrug‘iga asosan 744-002 raqamli nashr ruxsatnomasi, “Arxitektura tarixi va nazariyasi” kafedrasining professori vazifasini bajaruvchi K.D.Raximov muallifligida 5A340104 – Landshaft arxitekturasi va 5A340103- Shaharsozlik va qishloq aholi joylarini kompleks qurish mutaxassisliklari talabalari uchun  mo‘ljallangan  “Landshaft rejalashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgust 744 sonli buyrug‘iga asosan 744-107  raqamli nashr ruxsatnomasi berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar yig’ilish ishtirokchilariga yangilik sifatida aytib o’tildi.  Shundan so’ng   kun  tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

1. Institutning 2017-2018 o‘quv yili yakunlari va 2018-2019 o‘quv yili uchun rejalashtirilayotgan   dolzarb vazifalar haqida. Ma’ruzachi institut rektori S.I.Axmedov.
2. 2018 – 2019  o‘quv yili uchun institutdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga  qabul yakunlari   haqida. Ma’ruzachi  qabul komissiyasining mas’ul kotibi A.H.Rajabovning hisoboti tinglandi.
3. 2017-2018 o‘quv yilida barcha ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bahorgi yakuniy nazoratlarning natijalari haqida. Ma’ruzachi  o‘quv ishlari  bo‘yicha prorektor A.R.Raximov axborot berdi.
4. Dotsent ilmiy unvoniga tavsiya berish  masalasi.
Kun tartibidagi quyidagi  masala “Qurilishda menejment“ kafedrasi mudiri  H.T.Bo‘riev   dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAK ga tavsiya etildi.
5. Kafedra mudirligi va kafedralardagi bo‘sh lavozimlarga tanlov masalasi.
      “Zarafshon” gazetasining 2018 yil 11 sentyabr 107 sonida  1 ta kafedra mudirligi  5 ta kafedra dotsentligi, 13 ta katta o‘qituvchilik va 11 ta o‘qituvchilik lavozimlariga  tanlov e’lon qilinib hujjatlar qabul qilindi.   Jami e’lon qilingan 29 ta o‘ringa 28 ta hujjat qabul qilindi.
”Ijtimoiy fanlar”  kafedrasining mudiri lavozimiga Quldoshev Asliddin Tursunovichdan 2018 yil 17 sentyabrda   ariza taqdim etilgan bo’lib, nomzod yopiq yashirin ovoz berish byulleteniga kiritilishi tavsiya etildi. Taklif ovozga qo‘yildi va bir ovozdan tasdiqlandi. 
“Chet tillar” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimiga Qultaeva Feruza Ergashovnadan 2018 yil 27 sentyabrda   ariza tushgan bo‘lib, nomzodning o‘quv, ilmiy, ma’naviy –ma’rifiy faoliyati yuzasidan ilmiy kengash a’zolari ijobiy fikr bildirdilar hamda nomzodni yopiq yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish tavsiya etildi.  Taklif ovozga qo‘yildi va yakdillik bilan tasdiqlandi.“Chet tillar” kafedrasining o‘qituvchi lavozimiga Suyarova Zamira Sheralievnadan 2018 yil 3 oktyabrda ariza tushgan. Nomzodni yopiq yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish tavsiya etildi. Taklif ovozga qo‘yildi va tasdiqlandi.
"Chet tillar” kafedrasining o‘qituvchi lavozimiga (nemis tili) Abdiraxmonov Sirojiddin Muminqulovichdan 2018 yil 28 sentyabrda ariza tushgan.  Arizaga binoan nomzod haqidagi ma’lumotlar bilan kengash a’zolari tanishib chiqishdi va  nomzodni yopiq yashirin ovoz berish byulleteniga kiritish tavsiya etildi.  Taklif ovozga qo‘yildi va yakdillik bilan tasdiqlandi.
Tanlovdan o‘tgan professor-o‘qituvchilar  institutda  faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar hisoblanadi. Nomzodlar kafedralarda fakultet dekanlari va prorektor ishtirokida ko‘rib chiqilgan. Barcha hujjatlar belgilangan talablarga mos holda rasmiylashtirilgan. Yuqorida qayd etilganidek nomzodlar oldiga yangi vazifalar qo‘yilgan. Haqiqatdan ham, yetuk olimlarni dotsent va professor ilmiy unvonlariga tavsiya etish orqali institutda ilmiy salohiyatni oshirish imkoniyati mavjud.
Kun tartibidagi keyingi masala institut bo‘yicha kam ta’minlagan, chin etim va boquvchisini yo‘qotgan talabalar ro‘yxatini tasdiqlash va ularga talabalar  turar joyida yashash uchun imtiyoz berish haqida Ilmiy kengash kotibi T.M.Maxmatqulovning axboroti tinglandi.
Masala institut yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilgan, tasdiqlash uchun taqdim etilgan.  Bildirishnomada kam ta’minlagan, chin etim va boquvchisini yo‘qotgan talabalar ro‘yxatini tasdiqlash va ularga talabalar turar joyida yashashlari uchun imtiyoz berish so‘ralgan. (Ro‘yxat ilova qilingan). Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talabalar turar joyida yashash uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdorini 1 ta chin etim talabaga to‘liq, 3 ta 2 guruh nogironi va 3 ta kam ta’minlangan talabalarga  50 foiz miqdorida imtiyoz berish yuzasidan tavsiya berilgan.

      Masala yuzasidan ilmiy kengash a’zolarining fikrlari tinglanib quyidagicha  qaror qilindi.
1.Institut bo‘yicha kam ta’minlagan, chin etim va boquvchisini yo‘qotgan talabalar ro‘yxati tasdiqlansin va ularga talabalar  turar joyida yashash uchun quyidagi tartibda imtiyoz berilsin.
2. 201-MKK guruhi talabasi A.J.Aminovga (chin etim) talabalar turar joyida yashash uchun to‘liq (100 foiz) imtiyoz berilsin.
3. 303-KXALTE guruhi talabasi Z.I.Xudoyarova (2-guruh nogironi), 402-KXALTE  guruhi talabasi A.X.Adilboev (2-guruh nogironi), 401- KT (MKK) guruhi talabasi A.X.Akbarov (2-guruh nogironi) larga  talabalar turar joyida yashash uchun 50 foiz  imtiyoz berilsin.
4. 201-XS guruhi talabasi H.Q.Qo‘ylieva (kam ta’minlangan), 302-A  guruhi talabasi N.Q.Aslanova (kam ta’minlangan), 503-KXALTE guruhi talabasi Sh.D.Yuldasheva (kam ta’minlangan) larga  talabalar turar joyida yashash uchun 50 foiz  imtiyoz berilsin.
Ilmiy kengashda ko’rilgan masalalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.