Salomatlik – tuman boylik
2018 yil 14 noyabr kuni Vazirlikning 137-sonli buyrug‘i va oilada tibbiy madaniyatni oshirish to‘g‘risidagi 87-02-767-sonli modemnomasi asosidagi talaba-yoshlarning sog‘ligini asrash, ularni har xil infeksion kasalliklardan asrash maqsadida institut faollar zalida “Salomatlik – tuman boylik” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i T.Egamov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirda xotin-qizlar qo‘mitasi institut boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova talaba-yoshlarning salomatligi, ularning etuk mutaxassis bo‘lib etishishlarida asosiy o‘rin egallashi va bu masala ko‘pincha insonning o‘zlariga bog‘liq ekanligi haqida tushunchalar berdi. Tadbirda institut “Salomatlik maskani” terapevti N.Sultonova va Samarqand shahar 2-son ko‘p tarmoqli poliklinika yuqumli kasalliklar vrachi N.Xushvaqtovalar virusli gepatit, ORVI, gripp kasalliklari va ularning profilaktikasi, davolash yo‘llari haqida mutaxassis sifatida keng qamrovli tushunchalar berishdi.Tadbir davra suhbati ko‘rinishida o‘tdi. Talabalar infeksiyalar, mikroblar, viruslar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar olishdi.