Yoshlar - kelajagimiz
2018 yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida institut faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda SamDAQI yoshlar bilan ishlash prorektori v.v.b. O‘.Xudayarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI BT yetakchisi O.Xaitov, Yosh tadbirkor konsultativ markazi koordinatori D.Nabiyev, yoshlar ittifoqi SamDAQI BTning faol a’zolari va 110 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yoshlar bilan ishlash prorektori v.b. O‘.J.Xudayarov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar haqida ham gapirib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2018 yil 4 iyulda “Yoshlar - kelajagimiz” davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, hokimliklar rahbarlarining vazifalari va shaxsiy mas’uliyati to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan vazirlikning 2018 yil 23 iyuldagi 642-son buyrug‘i to‘g‘risida gapirib, so‘z navbatini Urgut tuman Yosh tadbirkor konsul’tativ markazi koordinatori D.Nabiyevga berdi.Urgut tuman Yosh tadbirkor konsultativ markazi koordinatori D.Nabiyev so‘zga chiqib, 2018 yil 27 iyun sanasi yurtimiz yoshlari hayotida yangi sahifa ochilgan kun sifatida tarixga muhrlanganini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi tasdiqlanganini, mazkur hujjatning muhimligi shundaki, u joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilganligini aytib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 4 iyul kuni “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Davlat dasturi ijrosini joylarda samarali tashkil etish maqsadida mamlakatimizning har bir hududiga Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zolari va deputatlar biriktirilib, ular Respublika ishchi guruhlari tarkibida ish olib bordilar.Albatta, bu ishlar katta-katta maqsadi bor, biroq uni amalga oshirishda ikkilanib, bir oz qiynalib turgan minglab, millionlab yoshlarni ruhlantirishi, tabiiy. Olib borilayotgan bunday sa’y-harakatlar oxir-oqibatda aniq tashabbusi bor, yangi-yangi g‘oyalari bilan yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor butun boshli bir avlodni yuzaga chiqarishi, shubhasizdir.Tadbir yakunida institut yoshlar bilan ishlash prorektori v.b. O‘.Xudayarov tadbir tashkilotchilariga mazmunli suhbat tashkil etganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.