17 noyabr - “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan futbol musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti hamda fakultet yoshlar ittifoqi kengashi hamkorligida 2018 yil 17 noyabr - “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan fakultet kubogi futbol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqani fakultet dekani G‘.A.Artikov ochib berdi va futbol musobaqasiga start berdi.Musobaqaning dastlabki bosqichi 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi va unda fakultet talabalari hamda guruhlaridan shakllantirilgan 16 ta jamoa hamda 621 nafar tomoshabin talabalar ishtirok etishdi. Fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Saidov Bekzod Mirzakulovich qur’a tashlash yo‘li bilan jamoalar tuzilmasini aniqladi. Futbol ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlandi.
16 noyabr kuni 3-kurs “Geodeziya kartografiya va kadastr” yo‘nalishi, 3-kurs “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” va “Xizmatlar sohasi” yo‘nalishlari talabalaridan tashkil etilgan jamoa, 4-kurs “Geodeziya kartografiya va kadastr” yo‘nalishi hamda 4-kurs “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” yo‘nalishi jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, 4 ta jamoa o‘rtasida o‘rinlar uchun bahs olib borishdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

I o‘rin - 3-kurs “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi” va “Xizmatlar sohasi” yo‘nalishlari talabalaridan tashkil etilgan jamoa;
II o‘rin -  4-kurs “Geodeziya kartografiya va kadastr” yo‘nalishi;
III o‘rin - 3-kurs “Geodeziya kartografiya va kadastr” yo‘nalishi jamoasi.

Tadbir yakunida fakultet dekan o‘rinbosarlari hamda fakultet yoshlar ittifoqi etakchisi Saydiyev Alisherlar musobaqa g‘oliblariga fakultet dekanining esdalik sovg‘alari hamda “Faxriy yorliq” va tashakkurnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbir ajoyib va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbir fakultet talabalarining ko‘nglida katta taassurot qoldirdi.