Vatan tinchligi – yurt obodligi!
2018 yil 6 noyabr kuni talaba-qizlarni O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida ularni ma’naviyati va madaniyatini shakllantirish maqsadida institut faollar zalida “Vatan tinchligi – yurt obodligi!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut yoshlar bilan ishlash prorektori v.b. O‘.Xudayarov so‘zga chiqdi va talaba-qizlarga vatanparvarlik bu Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan Farmonlar, hukumat qarorlari, huquqiy hujjatlarni bilish, hurmat qilish va hayotda to‘liq amal qilish ekanligi, Vatan osoyishtaligini himoyasiga doimo tayyor turish va Vatan tarixi, ma’naviy merosini mukammal bilish lozimligi haqida tushunchalar berdi.
Tadbirda institut xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Boboqulova Vatan tinchligi, ota-ona, el-yurt tinchligini saqlash, himoya qilish uchun jismoniy va ma’naviy tayyor bo‘lish, yurt obodligi uchun faoliyatda bo‘lish, Vatanning ichki va tashqi dushmanlardan himoya etish, sog‘lom fikrga ega bo‘lish, Vatan tinchligi yo‘lida fidokorona mehnat qilish lozimligi haqidagi fikrlarni bildirdi.Tadbirda talaba-qizlar Vatan tinchligi, obod yurt haqidagi fikrlari bilan faol qatnashdilar.