IQTIDORLI TALABALAR – KELAJAKDA ILM FANNING EGALARIDUR
2018 yilning 28 noyabr kuni Samarqand davlat arxitektura- qurilish institutining kichik majlislar zalida “Iqtidorli talabalar - kelajakda ilm fanning egalaridur” mavzusida institutning fakultet dekan o‘rinbosarlari bilan institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor E.X. Isakov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda E.X.Isakov o‘z ma’ruzasida mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ilm-fan, innovatsiya va integratsiyaga asoslangan rivojlanish yo‘li tanlanganligi, respublikamizda davlat dasturi bo‘yicha hududlarning kompleks rivojlanishini ta’minlashda mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ma’lumot berdi.
Institutda iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni izlash, tanlash, saralash yo‘llarini, ularni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish, qiziqtirish, shart sharoitlar yaratish, yoshlar o‘rtasida o‘zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini rivojlantirish, yoshlarni fan-texnika taraqqiyoti yo‘lida birlashtirish hamda ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha dekan o‘rinbosarlari samarali amaliy ishlar olib borishlari lozimligi o‘qtirildi va ularga aniq vazifalar yuklatildi.Ilmiy darajasi bo‘lmagan dekan o‘rinbosarlariga 1 oy muddatda ilmiy rahbar tanlab dissertatsiya mavzulari va uning mundarija-dasturini tuzib o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini boshlashlari yuklatildi.