“Sog‘lik – eng katta boylik” va “Qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati
2018 yil 21 noyabr kuni Qurilish fakulteti dekanati, fakultet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda fakultet Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Sog‘lik – eng katta boylik” va “Qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.Davra suhbatida institut “Salomatlik maslahati” maskani shifokori, terapevt N.T.Sultanova, viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi shifokori, ginekolog D.N.Mamatova, hamshira N.Nasritdinova, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Boboqulova, Qurilish fakultetining professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi xodimlar va talaba-qizlar ishtirok etdi. Davra suhbatini Qurilish fakulteti dekani, t.f.n.,dots.A.A.Bayzakov ochib berdi. So‘ngra fakultet Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Xodieva axboroti tinglandi.
“Salomatlik maslahati” maskani shifokori, terapevt N.T.Sultanova, viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi shifokori, ginekolog D.N.Mamatova, hamshira N.Nasritdinovalar tomonidan “Sog‘lik – eng katta boylik” hamda “Qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida ma’ruza qilindi. Keyin bahs-muzokara ko‘rinishida tadbir davom ettirildi. Salomatlik va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar, maslahatlar berildi.Tadbir qizg‘in o‘tdi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.